Сайтимиздан нафақат электрон, балки қоғозли китобларга ҳам буюртма беришингиз мумкин.
Буюртмангиз Ўзбекистон почтаси орқали манзилингизга етказилади. Дўкон телефони: +99871 227-12-39

Энди Сиз сотиб олган китобларингизни юклаб олишингиз шарт эмас!
Эътибор беринг: ҳозирда бизнинг сайтимизда сотиб олинган электрон китоблар 3-та усулда ўқилиши мумкин:
мобил илова орқали, Windows-илова орқали ва сайтдаги онлайн-ўқувчи орқали. Батафсил -->

Сариқ девнинг ўлими

Сариқ девнинг ўлими
Кўрганлар, жами:

11513

Нашр йили:

2013

Тили:

Ўзбек (лот)

Бетлар:

268

ISBN рақами:

978-9943-08-972-3

Парчани ўқинг
Электрон китоб (1,8Mb) :

6400 сўм

Сотиб олиш

Рейтинг

  • Аннотация
  • Китобдан парча
  • Фикр ва мулоҳазалар
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” sarguzasht romanining ikkinchi qismi - “Sariq devning o‘limi”da asar qahramoni Hoshimjon hayotida mas’uliyatli davr boshlanadi. Tabiatan ziyrak, fahm-farosatli Hoshimjon katta bir operatsiyada qatnashib, uning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi. Voqealar rivoji bilan esa asarni mutolaa qilish davomida tanishasiz.

O‘RTOQ POLKOVNIK
YANGI KASB TANLADIM

Shunday qilib desangiz, ishlarim yurishgandan yurishib ketaverdi, o‘zi men shunaqa bolaman-da, qaysi ishni ixtiyor qilsam, albatta maqsadimga yetaman. Yettinchini bitirayotganimda, endi nima qilsam ekan, qaysi maktabga borib o‘qiymanu, yana qaysi muallimlarning boshini qotiraman, deb o‘ylanib yurgan edim. Baxtim kulib boqqanini qarangki, qimmatli direktorim Otajon Azizovich maktabni bitirish kechamizda bir soatu o‘n minut nutq so‘zlab, oxirida: — Shunday qilib, — deb bir piyola choy ichib oldi,— aziz o‘rtoqlar, endi ixtiyor o‘zlaringda. O‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lganlar, mana, Makarenko maktabiga o‘tib o‘qishaveradi. Ularning shaxsiy delosini bugunoq o‘sha maktabga o‘tkazib berishimiz mumkin. Hunar o‘rganish payidan bo‘lganlar bo‘lsa, nima ko‘p, shaharlarda hunar maktablari ko‘p, o‘sha maktablarga kirib o‘qishlariga biz qo‘limizdan kelgancha yordam beramiz. Xo‘sh, Hoshim, sen nima qilmoqchisan? — Men sartarosh bo‘lmoqchiman, — dedim hech ikkilanmay. — A?.. Sartarosh dedingmi? — Ha, sartarosh o‘lmoqchiman. Buvijonim, o‘qiyverib miyang suyulib ketdi, burning oqadigan bo‘lib qoldi, deyapti. — Shu qaroring qat’iymi? — Qasam ich desangiz, qasam ichaman. — Yo‘q, qasam ichmay qo‘ya qol, — dedi hurmatli direktorim, — shundoq ham gapingga ishondim. Bu niyatingni tabriklayman, mayli, biringiz sartarosh, biringiz duradgor bo‘ling, yana bittangiz elektrga qaraydigan montyor bo‘ling. Ishqilib yo ilmli, yo hunarli bo‘lish payidan bo‘linglar.

Комментарий қўшиш
Фикр ва мулоҳаза билдирилмади. Биринчи бўлинг!


Шу китобни қуйидаги ном билан ҳам излашмоқда:

Сарик девнинг улими