Энди Сиз сотиб олган китобларингизни юклаб олишингиз шарт эмас!
Эътибор беринг: ҳозирда бизнинг сайтимизда сотиб олинган электрон китоблар 3-та усулда ўқилиши мумкин:
мобил илова орқали, Windows-илова орқали ва сайтдаги онлайн-ўқувчи орқали. Батафсил -->

Сайланма (болалар учун асарлар)

Сайланма (болалар учун асарлар)
Кўрганлар, жами:

2437

Муаллиф:

Нашр йили:

2012

Тили:

Ўзбек (лот)

Бетлар:

548

Нашриёт:

Чўлпон

ISBN рақами:

978-9943-05-464-6

Парчани ўқинг
Электрон китоб (3,2Mb) :

9800 сўм

Сотиб олиш

Рейтинг

  • Аннотация
  • Китобдан парча
  • Фикр ва мулоҳазалар
Ushbu saylanmaga bolalar yozuvchisi Miraziz A’zamning butun ijodiy faoliyati davomida yosh o‘quvchilar uchun yozgan deyarli barcha muhim asarlari kiritildi.

KECHMISH VA KECHIRMISHLARIMDAN

Men 1936 yil 29-martda, dehqonchasiga aytganda, qo‘y burji, sichqon yili tug‘ulganman. Tug‘ilgan joyim Toshkent, Sag‘bon bilan Chig‘atoyning Hurriyat deb ataluvchi bog‘lama ko‘chasi, Baland Ko‘prik yoki Aylambo‘yi degan joyida. Keyin aniqlashimcha, otam Mirg‘ani A’zamo‘g‘li 1941-yili Qaffol al Shoshiy maqbarasi yonidagi 23-o‘rta maktabning ilmiy bo‘lim mudiri, ayni chog‘da tarix o‘qituvchisi, onam Xatira Muhammadkarim qizi bolalar bog‘chasida murabbiya bo‘lgan ekan. Men tug‘ilganimda otam 24 yoshda, onam 19 yoshda ekanlar.

Otamning eskicha savodi bo‘lganiga shubham yo‘q, chunki uning onasi Kimyo buvim, aytishlaricha, 30 yil Buxoro madrasalarida o‘qib kelgan kattagina olim - Mulla Ahmad Eshonning qizi edi. Yoshligida otamga faqat arab alifbosini emas, arab tili va grammatikasini va ko‘p eski kitoblarni o‘qishni ham o‘rgatishgan, albatta. Uyda saqlanib qolgan kitoblar shundan dalolat beradi. Ammo zamon o‘zgargani uchun, otamni yangi maktabga berishgan va u o‘rta maxsus pedagogika bilim yurtinimi, texnikumnimi bitirib, yangi maktablarda o‘qituvchilik qilgan, hatto, tuman maorif bo‘limiga rahbarlik lavozimida ham ishlagan. Keyin maktabga yuborilgan.

1941- yilda urushga ketgan va 1942-yilda Kalinin jabhasida, Moskva viloyatiga yaqin bir qishloqda halok bo‘lgan. Otam halok bo‘lgandan keyin, uyimizga Toshkent Pedagogika Institutining sirtqi bo‘limi dekanidan bir xat kelgan, bu xatda 4-kurs imtihonlarini o‘z vaqtida topshirmagan taqdirda, kursdan kursga o‘tkazmay qoldirilishi aytilgan. Demak, 29 yoshida ilmiy bolim mudiri bo‘lmish otam 1941-yili urushga ketayotgan paytida tarix fakultetining sirtqi bo‘limi 4 kurs talabasi ham bo‘lgan.

...

Комментарий қўшиш
Фикр ва мулоҳаза билдирилмади. Биринчи бўлинг!