Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2013
Ўзбек (лот)
64
978-9943-4101-7-6
6200 сўм
Рейтинг |
Bu kitob hamma yoshdagi bolalarga atalgan...
Mustafo Qutlu ham bola edi, ulg‘aydi.
Usta hikoyanavis bo‘ldi. Bolalar uchun ham yoza boshladi.
Endi hikoyalari u juda yaxshi ko‘radigan bolalar tomonidan sevib o‘qilmoqda.
Adabiyotga mehri bo‘lakcha, kitobsevar bolalar bu muallif bilan allaqachon davriy matbuot sahifalari orqali tanishib olishgan bo‘lsa kerak. Boisi, Mustafo Qutluning mazkur hikoyalari Respublikaiz bolalarining sevimli nashri "Gulxan" jurnalida chop etilgan. Mana endi ular yaxlit kitob holida kitob javoningizdan munosib o‘rin egallaydi, degan umiddamiz.
MUSTAFO QUTLU
Mustafo Qutlu Turkiyaning Arzinjon viloyatidagi Ilich shaharchasida tug‘ildi. Otasi tuman hokimi edi. Mustafoning bolaligi Arzinjon qishloqlarida o‘tdi.
1964-yilda Arzinjon litseyini bitirdi.
1968-yilda Arzirum Otaturk universiteti Fan-Adabiyot fakultetining Turk tili va adabiyoti bo‘limini tamomladi.
19 68-1974-yillarda Tunjeli va Istanbulda adabiyotdan dars berdi.
1974-yilda bir qator do‘stlari bilan birga ochgan «Dargoh» nashriyotida ishlay boshladi.
1968-yilda Istanbulda nashr etiladigan «Fikr va san'atda harakat» jurnalida bir dasta hikoyalari bosilib chiqdi.
Keyingi yillarda «Odimlar», «Hisor», «Turk adabiyoti», «Tushuncha», «Yo‘nalishlar» kabi jurnallarda ham hikoyalari nashr etildi.
1990-yildan boshlab esa hikoya va maqolalari «Dargoh» jurnalida muntazam ravishda yoritib borildi.
1976-98-yillarda «Turk tili va adabiyoti ensiklopediyasi»da ishladi...