Китоб қандай ўқилади?

Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда

Батафсил

Китобни қандай сотиб олиш мумкин?

Кетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш

Батафсил

Сиз муаллифмисиз?

Ҳурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз

Батафсил

Савол-жавоблар

Агар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз

Батафсил

Дилмурод Исломов

Дилмурод Исломов

 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov 1954-yil Toshkentda tavallud topgan.
1968-yil «Shodlik» ansamblida mohir sozanda bo‘lib 37 yildan ortiq mehnat qilgan. Dilmurod Islomov konsert dasturlari bilan 100 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, o‘zbek san’atini olamga tanitishga o‘z hissasini qo‘shgan. 2014-yildan buyon O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida «Cholg‘u ijrochiligi» kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat yuritmoqda.
Dilmurod Islomovning doira ijrochiligi san’atida erishgan yutuqlari:
- 1978-yili Kubada bo‘lib o‘tgan Jahon yoshlarining XI festivali g‘olibi;
- 1979-yili dunyo urma zarbli cholg‘ulardan ansambl tashkil qilib, Sankt- Peterburg shahrida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘olibi;
- 1988-yili «O‘rta Osiyo doirachilar uyushmasi» tashkilotchisi va rahbari;
- 1989-yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» unvoni bilan taqdirlangan;
- 2010-yilda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan «Jahon miqyosidagi san’at ustasi» maxsus guvohnomasi bilan taqdirlangan.
U Respublika Zarb ko‘rik-tanlovining va doirachilar festivalining asoschisi.
D.Islomov doira ijrochiligi san’ati bo‘yicha 2014-yilda «Ustozlardan doira saboqlari» to‘plamini, 2015-yilda «Maxsus cholg‘u (doira usullari: ustozlar saboqlari)» o‘quv qo‘llanmasini, «Moziydan sado» monografiyasi va bir qancha ilmiy maqolalarni milliy va xorijiy jurnallarda chop etib, yosh ijrochilarni ustozlar merosidan xabardor etib kelmoqda.

Китоблар