Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн
ПодробнееПошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу
ПодробнееВы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги
ПодробнееКак купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ
2016
Узбекский (кир)
224
978-9943-27-814-1
9200 сум
Рейтинг посетителей |
Mo‘minjon xorijda jangarilar to‘daboshisi Ergashning buyrug‘i bilan etimxonadan 10 yoshli qizni asrab oldi. Qizni “tarbiyalab”, qulog‘iga haqiqiy muslima qiz, ayollar qanday bo‘lishini quydi. Lekin bu qiz viloyat rahbarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari yig‘ilgan bayram kechasida belidagi ingichka simni tortib, o‘zini portlatishi kerakligini qaydan bilsin? Romanda voqeliklar ta’sirchan bayon qilingan, shu sabab o‘quvchi voqealar ichiga kirib ketib, kitobni kiprik qoqmay bir nafasda o‘qib chiqqanini sezmay qoladi...
* * *
Aytilgan muddat etib keldi. Bo‘riboyning qotili topilmadi. Turkon xonim Ergashning xonasida unutib qoldirgan matohini olib ketish uchun qaytib kelmadi. Uning so‘zlari magnitofon tasmachasiga yozilibgina qolmay, bu o‘yinchoqni unga ishonib topshirgan kimsaning topshirg‘i ham tushib qolgandi. Turkon xonim qanday qilib bo‘lmasin Ergashni maxsus xizmat mahkamasi xodimining topshirig‘ini bajarmaslikka ko‘ndirishi lozim edi. Samarqandu Buxoroni ularga in’om etmaslikni iltimos qilgan bu odamlar nega o‘zlari kelishmaydi? Maslahat va yo‘lyo‘riq ko‘rsatishmaydi? Boshi qotib turgan kunlarda yordam qo‘lini uzatishmaydi? Kimsasiz, suvsiz adirda afg‘on shamoliga yuzko‘zlarini yalatib, ochlik va tashnalik azoblarini boshidan o‘tkazib turganda kelib ko‘ngliga dalda bermaydi? Axir u yaqinlarining daldasiga, maslahatiga zor bo‘lib yashayaptiku! Yo‘q, Ergash nazoratdan chetda emas, kimlarningdir kuzatuvida. Lagerdagi yigitlarning yarmidan ko‘p