"Mazkur monografiyada qadimiy ajdodlarimiz davridan shakllanib, uzoq davr masofasini bosib o‘tgan yurtimiz ta’lim-tarbiya tizimining rivojlanishi, undagi ziddiyatli, muammoli jarayonlar, tazyiq va cheklovlar tarixiy manbalar va hujjatlar asosida ilmiy tahlil etilgan.
Shuningdek, monografiyada istiqlol bergan imkoniyatlar tufayli O‘zbekistonda amalga oshirilgan ta’lim islohotlari, uning bugungi natijalari, erishgan yutuqlarimiz, bu yutuqlarning jahondagi e’tirofi keng o‘rin olgan.
Ushbu monografiya millatimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan. Ayniqsa, monografiya materiallari asosida pedagogika universiteti, institutlari va pedagogika kasb-hunar kollejlari hamda barcha o‘qituvchilar malaka oshirish, qayta tayyorlash institutlari o‘quv rejasiga «O‘zbekiston ta’limi rivoji tarixi» maxsus kursining kiritilishi va o‘qitilishi ilmu ma’rifat yo‘lini tanlagan insonlar uchun ezgu amal bo‘lib xizmat qilishi aniq."