Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн
ПодробнееПошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу
ПодробнееВы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги
ПодробнееКак купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ
2016
Узбекский (лат)
256
978-9943-08-27-238-5
В данный момент нет в наличии
15200 сум
Рейтинг посетителей |
Birinchi bob
Bu qishloqning asl nomi Xonkeldimi, Qo‘rg‘onchami hech kim aniq bilmaydi. Katta ko‘chaning o‘ng tomonidagilar Xonkeldi deyishadi. Xonlar yashagan, bilib qo‘yinglar, deyishadi. Chap tomondagilar Qo‘rg‘oncha deyishadi. Qo‘rg‘onchada xonlarning navkarlari, navkarboshilar turgan, bilib qo‘yinglar, deyishadi. Bahsni o‘zlariga qoldiraylik-da, maqsadga o‘tib qo‘yaqolaylik. Qishloqchada bor-yo‘g‘i to‘rt yuz oila yashaydi. Bu oilalar ta’rifiga so‘z topa olmaysiz. Lekin odamlari har xil: birovi angishvonadek kichkina, pak-pakana, birovi baqaterakdek novcha, daroz. Birovi oshqovoqni butun yutgandek baqaloq-qorindor, birovi bir umr to‘yib ovqat yemagandek oriq, qotmagina. O‘h-hu, bu xilvat qishloqda kimlar yashamaydi deysiz?! Folbin ammalar-u, nomdor muallimalar, o‘rischa gapiradigan chollar, yig‘laydigan qizaloqlar-u, yerga ursang osmonga sapchiydigan sho‘x-shaddod o‘g‘il bolalar, qo‘li yengil shifokorlar-u, yashirincha kuf-suf soladigan buvilar, ilg‘or fermerlar-u, dehqonchiligi yaxshi bo‘lmasa xotinini so‘kib yuradigan Bolalar adabiyotini sevib, ardoqlab, ham ma’naviy, ham moddiy yordam berib kelayotgan Ayupov Avazbek va Alimov Zokirjondek ukalarimga bag‘ishlayman. Muallif dehqonlar, yolg‘on aralash so‘zlaydigan do‘konchilar-u, uxlab qolib azonni kech aytadigan so‘filar, bugun besh baho olmasa maktabdan yig‘lab keladigan a’lochi qizlar-u, maktabga bormay pana joyga berkinib olib to‘p tepadigan abjir bolalar, Rossiyaga meva sotib boyib ketgan mirishkorlar-u, turshagini sotolmay qurtga yedirib qo‘ygan bevalar, kirakashlar... Mayli, qolganini keyin aytarmiz, xullas, tog‘ yonbag‘rida joylashgan, bahavo bu so‘lim qishloqda ana shunday ajoyib odamlar-u, ana shunday ajoyib bolalar yashaydi. Hammasi haqida hikoya aytib bera olmayman, ulardan bir-ikkitasini tanlab olaman, xolos. Xullas, ana shunday ajoyib qishloqda, qishloqning qoq markazida hozir aytganimdek ajoyib bolalar-u, ajoyib qizlar o‘qiydigan ajoyib bir maktab ham bor. Maktab direktori Azizov domlaning aytishicha, dunyodagi eng ozoda, eng tartibli, eng intizomli maktab mana shu bo‘ladi.Maktab hovlisida ustun o‘rniga qo‘yilgan, yog‘ochlari qiyshayib ketgan, bolalar qo‘llariga tuplab osilaverganidan silliqlanib qolgan, barcha hujjatlarda turnik deb ataladigan bir moslama ham bor. Mana shu ta’rifiga so‘z topa olmayotganimiz maydonda hozir, shu daqiqalarda Azizov domla bolalarga nimanidir tushuntiryapti. Ushbu qissamizga qahramon qilib tanlamoqchi bo‘lganimiz – Egamberdi bilan Karimberdi ham negadir yuraklarini hovuchlabroq, qo‘rqa-pisibroq ishtirok etishyapti.