Qadrli bolalar! Kitobga hur va obod yurtimiz - jonajon O‘zbekistonimizning so‘lim va jannatmonand tabiatini, tengdoshlaringizning tabiatga munosabatlarini aks ettirgan she'rlar hamda dostonlar jamlangan. Tevarak-atrofingizdagi gullar-u daraxtlar, qushlar-u hasharotlarni diqqat bilan kuzatsangiz, ularning har birida Ona tabiatning turfa mo‘jizalari borligini ko‘rasiz. Tabiatni sinchiklab kuzatgan, undagi barcha tirik mavjudotlarning shakl-u shamoyili, fe’l-atvorini mahorat bilan tasvirlagan, qolaversa, ayrim qahramonlarini fikrlar-u kechinmalar bilan boyitgan shoir bobongiz Miraziz A'zamning sodda va samimiy bitiklari Sizlarga manzur bo‘lishiga ishonamiz. Ushbu kitobni mutolaa qilgach, Sizlar ham, albatta, tabiat bilan do‘stlashasiz, uning ne'matlarini asrab-avaylaysiz, degan umiddamiz.
- Vatan bizning uyimiz
- Mustaqillikni kuylayman
- Biz yengamiz bo‘ronlarni
- Sayyohlar qo‘shig‘i
- Javzo keldi
- Ona tilim - go‘zal til
- Kapalak
- Burgut bilan bulbul
- Hosil bayrami
- Bir cho‘ntak yong‘oq (Turkum)
- Salimjonning erka tovug‘i
- Bo‘taloqning o‘rkachi nima uchun qo‘shaloq?
- Asl tarvuz, asal tarvuz
- Sa'va
- Quyon
- Ayiqning maqtanishi va aldanishi
- Bo‘ri yengildi
- O‘gri sichqonlar
- Epchil chumchuq va epsiz mushuk haqida ertak
- Vijdon
- Bedananing buvisi
- Quyosh bizni erkalar
- Qoyil qoling
- Qushlar ham
- Kaklik
- Musichalar
- Musichaning azasi
- Ikkita qora shaqshaq va bitta qora mushuk
- Mening vafoli qarqunog‘im
- Laylaklar
- Aqlli bolalar (Asror)
- Ona yurt osmonida