2010
Узбекский (кир)
Русский
16
Рейтинг посетителей |
Farzandni uxlatish, uning ruhiga orom berish uchun aytiladigan qo‘shiq alladir. Uni kuylash jarayonida sokin kuy, quyma satrlar, onaning shirali ovozi, mehrli nigohi, siypalovchi issiq qo‘llari bir butun holda jamlanib, allanechuk sehr va sirli joziba kasb etadi. Dunyoning barcha xalqlarida mavjud bo‘lgan bu qo‘shiqni bir tuyg‘u – onaning farzandiga bo‘lgan muhabbati tuyg‘usi birlashtirib turadi. Onalar, buvilar tomonidan alla kuy-lash vositasida farzandlar ma’naviyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish barkamol avlod tarbiyasining muhim omilidir.