Ushbu monografiya hozirgi zamon fanining muhim yo‘nalishlaridan biri – semiotikaning falsafiy-epistemologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, semiotikaga tutash falsafiy yo‘nalishlar – strukturalizm va germenevtikaning belgi mazmunini o‘rganishga oid jihatlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Muallif asarda, asosan, belgi va mazmun dialektikasining gnoseologik va ijtimoiy tahliliga e’tibor qaratgan.
Monografiya falsafaning zamonaviy muammolariga qiziquvchilar, xususan, ijtimoiy-gumanitar ta’lim yo‘nalishlari talabalari, magistrantlari hamda tadqiqotchi-izlanuvchilariga, shuningdek, keng kitobxon ommasiga mo‘ljallangan.