Hofiz
Sheroziy nafaqat Sharq, balki jahon so‘z san’atining zabardast namoyondalaridan hisoblanadi. Sharqda uni “lison ul-g‘ayb” – “g‘oyibning
tili” deb ulug‘lashgan bo‘lsa, G‘arbda Hyote, Heyne, Bayron, Volter kabi buyuk adiblar qatorida ardoqlashgan. Sharqda Sheroz bulbulining
jonbaxsh navosidan bahramand bo‘lmagan, unga ergashmagan, undan ta’sirlanmagan ijodkorning o‘zi yo‘q. She’riyat shinavandalarining
ehtiyojlarini hisobga olib, Hofiz ijodidan tartib berilgan ushbu to‘plamda uning o‘zbek tiliga o‘girilgan deyarli hamma asarlari qamrab
olindi.