Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн
ПодробнееПошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу
ПодробнееВы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги
ПодробнееКак купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ
2016
Узбекский (лат)
108
978-9943-03-734-2
6000 сум
Рейтинг посетителей |
Qadrli o‘quvchilar! Nashriyotimiz siz azizlarga 10 jilddan tashkil topgan «Jahon bolalar adabiyoti» seriyasini taqdim etadi. Kitoblar jahon bolalar adabiyoti yozuvchi va shoirlarining ertak, hikoya, she’r va boshqa ko‘plab janrdagi asarlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Ushbu birinchi jildda siz Angliya bolalar adabiyoti bilan yaqindan tanishasiz.
VILYAM BLEYK
Ajoyib ingliz shoiri va rassomi Vilyam Bleykning nomi zamondoshlariga unchalik yaxshi tanilmagan edi. Asosiy kasbi o‘ymakor bo‘lmish Londonda yashovchi bu kishi tushgan buyurtmalarni qilib berish bilan kun kechirardi.
Bleyk mohir chizmakash musavvir bolib, Dantening «Ilohiy komediya»sini ham bezagan edi. O‘z she’rlarini nashrdan chiqarishga imkoni bo‘lmagani uchun misga o‘yib yozar va mis bilan ularni o‘zi qog‘ozga tushirib kitob holiga keltirar, do‘stlariga sovg‘a qilardi. Uning umri qashshoqlikda o‘tdi, hatto o‘ligini ham jamoat mablag‘i hisobidan umumiy qabristonga dafn etishdi. Endi esa uning haykali Vestminster abbatligida eng buyuk ingliz shoirlari qatoriga qo‘yilgan. Uning o‘z qo‘li bilan yasagan kitoblari esa muzeylarning noyob asarlari bo‘lib qoldi.
Bleykning nomi XIX asrning ikkinchi yarmida kashf etildi - asarlari umumxalq muhabbatini qozondi. Birinchi bo‘lib ayrim adabiy arboblar tomonidan o‘tmishdosh sifatida tan olindi...