Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн
ПодробнееПошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу
ПодробнееВы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги
ПодробнееКак купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ
2018
Узбекский (лат)
257
978-9943-5219-4-0
Рейтинг посетителей |
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov «Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari», «Nur borki, soya bor», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar» kabi qissa, roman va teran hikoyalari bilan allaqachon muxlislar qalbidan mustahkam joy olgan. Voqelikni hayot haqiqatiga omixta qilib, asar qahramonlarining ichki olamini har tomonlama mukammal, to‘g‘ri va aniq tasvirlash, unga o‘quvchini ishontira bilish O'tkir Hoshimov ijodining tayanch nuqtasi hisoblanadi. Adibning ushbu to‘plamiga kiritilgan sara hikoyalarida ham inson taqdiri, o‘y-xayollarining nozik qirralari o‘z badiiy ifodasini topgan. «O‘ylar» rukni ostida qalamga olingan mavzularda esa, insof, andisha, uvol kabi insonga xos odob-axloq, ma’naviy olam, milliy qadriyatlar, sho‘ro davri adolatsizliklari dadil yoritilgan va mavzular har bir vijdoni uyg‘oq insonni bahsga chorlaydi. Hazil-mutoyiba, jarangdor qahqahaga boy hajviy hikoyalar turmushda uchrab turadigan noxush illatlarni fosh etish bilan birga kitobxon labida shirin tabassum uyg‘otadi. Adib «... kitob yozsangki, uni o‘qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa ...» deb orzu qilgan. O‘ylaymizki, ushbu to‘plam ana shu orzular mahsuli bo‘lib, Siz aziz kitobxanlarni o‘ylashga, mulohaza qilishga chorlaydi.