Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн
ПодробнееПошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу
ПодробнееВы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги
ПодробнееКак купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ
2017
Узбекский (лат)
132
9200 сум
Рейтинг посетителей |
“Temir yo‘l telekommunikatsiya, aloqa tizimlari, liniyalari va optik aloqa asoslari” kursi bo‘yicha tayyorlangan o‘quv qo‘llanma ushbu kurs dasturida ko‘zda tutilgan barcha mavzularni o‘z ichiga oladi. Unda telekommimikatsiya tarmoqlari, aloqa liniyalari, ularning turlari, aloqa kabellari va ularga bo‘ladigan ta’sirlardan himoyalash haqida tolali optik aloqa liniyalari nazariy asoslari va qurilish prinsiplari kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma 531 IOOO-“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” (temir yo‘l transporti), bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan. Temir yo‘l kollejlari o‘quvchilari va muhandis-texnik xodimlar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tassavur qilish qiyin. E’tirof etish kerakki, qisqa vaqt ichida mamlakalimizda ushbu sohada maqtasa arzigulik yutuqlar qo‘lga kiritildi. Buni Vazirlar Mahkamasining 2003 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezidentimiz alohida ta’kidladi. Respublikamiz shaharlarini raqamli telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olish darajasi 86% ga etgani aslida sohani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan farmon, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va hukumat dasturlarni bajarishi borasida O‘zbekiston Aloqa va Ahborotlashtirish Agentligi tomonidan katta ishlar amalga oshirilganidan dalolat beradi.
1995 - 2000 yillar mobaynida tizimni rivojlantirish maqsadida Yaponiyaning tashqi iqtisodiyot hamkorlik fondi (OECF) 12.7 mlrd Yapon Yenasi miqdorida imtiyozli kredit ajratgan edi. Natijada Respublika viloyatlari markazlarida raqamli kanallar tashkil qilish uchun 1925 km uzunlikdagi optik tolali aloqa kabellari yotqizilib, 1028 kmlik radioreleli va uzatish tarmoqlari ishga tushirildi. Qoraqalpag‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, va Navoiy viloyatlarida esa 251.5 ming raqamga ega raqamli telefon stantsiyalari aholiga xizmal ko‘rsata boshladi. 39 ta tuman va shaharda zamonaviy mahalliy telefon aloqa xizmatidan foydalanish imkoniyatini berdi. O‘zbekiston Respublika hukumati bilan Yaponiya Xalqaro hamkorlik banki (JBIC) o‘rtasida tuzilgan kredit kelishuviga asosan, 1999 - 2005 yillar davomida mamlakatimiz tekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish loyihasini 2 - bosqichini amalga oshirish uchun 12.7 milliard yenasi miqdorda imtiyozli sarmoya ajratilgan edi.
Agentlik, «Uzbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi va Radioaloqa, radioeshittirish va Televidiniya markazi korxonalarining sa’y-harakatlari natijasida ushbu kredit hisobiga 37000 sig‘imga ega bo‘lgan telefon stantsiyalari, ikkita xalqaro telefon stantsiyalarini o‘rnatish, salkam 2700 km uzunlikda optik tolali aloqa kabellarini yotqazish, 185 ta uzatish va 5ta radioreleli aloqa tizimlarini ishga tushurish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, va Navoiy viloyatlari aholisi uchun aloqa hizmatlarini ko‘rsatish qiyin bo‘lgan, hududni qamrab olgan holda, simsiz abonent liniyalari tizimini tatbiq qilish hamda 63 ta televideniya va 36 ta radiouzatgich o‘rnatish ko‘zda tutilgan...