Как читать?

Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн

Подробнее

Как купить?

Пошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу

Подробнее

Вы - автор?

Вы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги

Подробнее

Вопросы-ответы

Как купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ

Подробнее

Уч бақалоқ

Уч бақалоқ
Просмотры, всего:

20274

Жанр/раздел:

Детские книги, Сказки

Автор:

Переводчик:

Qodir Mirmuhamedov

Год издания:

2016

Язык:

Узбекский (лат)

Страницы:

208

Издательство:

Янги Аср Авлоди

Номер ISBN:

978-9943-27-748-9

Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.
Читать отрывок
Электронная книга
Перед покупкой рекомендуем ознакомиться с разделом "Как читать купленную книгу"!

6400 сум

Купить

Рейтинг посетителей

  • Аннотация
  • Отрывок из книги
  • Комментарии и отзывы
Yuriy Karlovich Olesha (1899 – 1960)ning bolalar uchun yozgan «Uch baqaloq» ertak-romani jahon xalqlari tillariga tarjima qilingan. Shu kitob asosida yaratilgan balet, kinofilm million-million tomoshabinlarning sevimli san’at asarlariga aylangan. Har avlod yoshligida bu kitobni zavq bilan qo‘liga oladi, maroq bilan o‘qib chiqadi. Zulm, istibdod, haqsizlik avj olgan Uch Baqaloq mamlakatining mehnatkashlari do-nishmand doktor Gaspar, mohir dorboz Tibul, mard qurolsoz Prospero, tadbirkor qizaloq Suok kabi qahramonlar bilan birgalikda boyonlar saltanatiga qarshi bosh ko‘taradilar va g‘alaba qiladilar. Ana shu jang-u jadallar ertak janriga xos qiziqarli syujet ipiga tizilgan g‘aroyib sarguzasht va voqealar orqali hikoya qilinadi.

II BOB
QATL KUNDASI
Doktor shuncha balanddan yiqilsa ham? xayriyat shikast emadi, boshi ham yorilmadi, oyoqlari ham butun qoldi. Lekin shunga qaramay, doktor Gaspar Arneridek keksayib qolgan odam uchun bunday balanddan qulash ancha noxush edi-da. Harqalay, doktor qo‘rquvning zo‘ridan hushini yo‘qotib qo‘ydi. U hushiga kelganida kech kirgan edi. Doktor chor atrofga ko‘z yugurtirib chiqdi. – Attang! Mana, ko‘zoynagim ham sinibdi. Ko‘zoynaksiz yaxshi ko‘radigan odam ko‘zoynak taqqanda ko‘zi qanday xiralashsa, mening ham ko‘zim endi ko‘zoynaksiz shunaqa xiralashadi. Juda chatoq bo‘ldi-da. Odamning g‘ashiga tegarkan. Keyin doktor oyoq kiyimining poshnalari uzilib tushganini ko‘rib g‘o‘ldiray boshladi: – O‘zim shundoq ham pakana odam edim; endi bo‘yim yana to‘rt enlik pasayadigan bo‘ldi, balki sakkiz enlik pasayib ketarman, negaki, ikki poy botinkamning poshnasi ko‘chib, yo‘qolib qolgan-ku... Yo‘q, undaymas-ov, faqat to‘rt enlik pasayaman, albatta. U g‘isht parchalari ustida cho‘zilib yotardi. Minora deyarli butunlay qulab tushgan edi. Devorning uzun va tor qismi xuddi molning kurak suyagidek dikkayib turardi. Juda-juda olisdan musiqa ovozi kelardi. Bu quvnoq vals ohangini shamol uzoq-uzoqqa uchirib ketganidan u goh eshitilib, goh eshitilmay qolardi. Doktor boshini ko‘tardi. Tepasida qora bo‘g‘otlarning xarilari osilib turardi. Kechki och zangori osmonda yulduzlar g‘ira-shira miltillardi. – Musiqa qayerda chalinyaptiykin? – deb ajablandi doktor. Endi u plashsiz junjiy boshladi. Maydon tomondan «tiq» etgan tovush eshitilmasdi. Doktor qalashib yotgan toshu g‘ishtlar orasidan inqillab-sinqillab chiqib oldi. U keta turib yo‘l yo‘lakay allakimning so‘loqmonday keladigan etigiga qoqilib ketdi. Bir chilangar to‘sin ustida ko‘ndalangiga cho‘zilib yotar, uning xira ko‘zlari osmonga baqraygan edi. Doktor uni turtib ko‘rdi. Lekin chilangar turishni istamasdi. Shunda doktor shlyapasini boshidan olgani qo‘lini ko‘tardi. Chunki chilangar o‘lgan edi: – Shlyapam ham yo‘qolibdi. Endi qayga borsam ekan?

Добавить комментарий
Нет комментариев и отзывов. Станьте первым!