Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
2016
O'zbek (lot)
208
978-9943-27-748-9
Mavjud emas
Reyting |
II BOB
QATL KUNDASI
Doktor shuncha balanddan yiqilsa ham? xayriyat shikast emadi, boshi ham yorilmadi, oyoqlari ham butun qoldi. Lekin shunga qaramay, doktor Gaspar Arneridek keksayib qolgan odam uchun bunday balanddan qulash ancha noxush edi-da. Harqalay, doktor qo‘rquvning zo‘ridan hushini yo‘qotib qo‘ydi. U hushiga kelganida kech kirgan edi. Doktor chor atrofga ko‘z yugurtirib chiqdi. – Attang! Mana, ko‘zoynagim ham sinibdi. Ko‘zoynaksiz yaxshi ko‘radigan odam ko‘zoynak taqqanda ko‘zi qanday xiralashsa, mening ham ko‘zim endi ko‘zoynaksiz shunaqa xiralashadi. Juda chatoq bo‘ldi-da. Odamning g‘ashiga tegarkan. Keyin doktor oyoq kiyimining poshnalari uzilib tushganini ko‘rib g‘o‘ldiray boshladi: – O‘zim shundoq ham pakana odam edim; endi bo‘yim yana to‘rt enlik pasayadigan bo‘ldi, balki sakkiz enlik pasayib ketarman, negaki, ikki poy botinkamning poshnasi ko‘chib, yo‘qolib qolgan-ku... Yo‘q, undaymas-ov, faqat to‘rt enlik pasayaman, albatta. U g‘isht parchalari ustida cho‘zilib yotardi. Minora deyarli butunlay qulab tushgan edi. Devorning uzun va tor qismi xuddi molning kurak suyagidek dikkayib turardi. Juda-juda olisdan musiqa ovozi kelardi. Bu quvnoq vals ohangini shamol uzoq-uzoqqa uchirib ketganidan u goh eshitilib, goh eshitilmay qolardi. Doktor boshini ko‘tardi. Tepasida qora bo‘g‘otlarning xarilari osilib turardi. Kechki och zangori osmonda yulduzlar g‘ira-shira miltillardi. – Musiqa qayerda chalinyaptiykin? – deb ajablandi doktor. Endi u plashsiz junjiy boshladi. Maydon tomondan «tiq» etgan tovush eshitilmasdi. Doktor qalashib yotgan toshu g‘ishtlar orasidan inqillab-sinqillab chiqib oldi. U keta turib yo‘l yo‘lakay allakimning so‘loqmonday keladigan etigiga qoqilib ketdi. Bir chilangar to‘sin ustida ko‘ndalangiga cho‘zilib yotar, uning xira ko‘zlari osmonga baqraygan edi. Doktor uni turtib ko‘rdi. Lekin chilangar turishni istamasdi. Shunda doktor shlyapasini boshidan olgani qo‘lini ko‘tardi. Chunki chilangar o‘lgan edi: – Shlyapam ham yo‘qolibdi. Endi qayga borsam ekan?