Как читать?

Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн

Подробнее

Как купить?

Пошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу

Подробнее

Вы - автор?

Вы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги

Подробнее

Вопросы-ответы

Как купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ

Подробнее

Хамса

Хамса
Просмотры, всего:

59358

Жанр/раздел:

Стихи, поэзия

Год издания:

2015

Язык:

Узбекский (лат)

Страницы:

496

Издательство:

Янги Аср Авлоди

Номер ISBN:

978-9943-27-356-6

Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.
Читать отрывок
Электронная книга
Перед покупкой рекомендуем ознакомиться с разделом "Как читать купленную книгу"!

10800 сум

Купить

Рейтинг посетителей

  • Аннотация
  • Отрывок из книги
  • Комментарии и отзывы
Mazkur kitobda Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari, me’yoridan cho‘zilib ketgan manzaralar, monologlar biroz qisqartirilgan. Navoiy dostonlarining ushbu nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy she’riyat gultoji hisoblanmish «Xamsa» dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb o‘ylaymiz.

BUYUK BADIIY OBIDA

O‘rta asrlar Sharq adabiyoti, xususan, forsiy va turkiy she’riyat rivojida xamsachilik an’anasi alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu an’ananing boshlanishiga buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning XII asrning ikkinchi yarmi va XIII asr boshida yaratgan «Maxzan ul-asror» (1174 – 1177), «Xisrav va Shirin» (1181), «Layli va Majnun» (1188), «Haft paykar» («Yetti go‘zal», 1197) hamda «Iskandarnoma» (1199 – 1201) dostonlari asos bo‘lib, ular keyinchalik ijodkor vafotidan so‘ng «Xamsa» (arabcha «beshlik» degani) yoki «Panj ganj» (forsiy tilda «Besh xazina» ma’nosida) nomlari bilan yaxlit kitob holida juda keng tarqalgan, turli tillarga tarjima qilinib, shuhrat topgan edi. Mazkur kitobdan o‘rin olgan alohida dostonlar bir necha shoirni shu mavzudagi yirik poetik asarlar yozishga ilhomlantirgandi. 1253–1325-yillarda yashab ijod qilgan Xisrav Dehlaviy o‘zining fors-tojik tilidagi «Matla ul-anvor» («Nurlarning boshlanishi»), «Shirin va Xisrav», «Majnun va Layli», «Hasht bihisht» («Sakkiz jannat») va «Oyinayi Iskandariy» («Iskandar oynasi») nomli beshta dostonini yaratib, Nizomiy «Xamsa»siga to‘la javob yaratdi va bu an’ananing boshlovchisi bo‘lib maydonga chiqdi. XV asrda yashagan aksariyat shoirlar «Xamsa»ga o‘xshatma bitishga harakat qilgan bo‘lsalar ham, ko‘plari bir yoki bir necha asar yaratishga erishdilar. Chunonchi, Mavlono Ashraf, Mavlono Abdullo, Kotibiy Nizomiyning bir qator dostonlariga javob bitgan bo‘lsalar, Mavlono Faseh Rumiy uning «Maxzan ul-asror»iga, Xoja Hasan Xizrshoh «Layli va Majnun» dostoniga o‘xshatma dostonlar yozishgan. Lekin ikki buyuk ijodkor: Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiygina to‘liq «Xamsa» yaratishga erishdilar. Jomiy asari beshta emas, yetti dostonni o‘z ichiga olib, «Dengizlar siri», «Lujjat ul-asror» (875 – 876 h.), «Tuhfat ul-ahror», «Sabhat ul-abror» (887 h.), «Yusuf va Zulayho» (888 h.), «Layli va Majnun» (889 h.), «Xiradnomayi Iskandariy» («Iskandar hikmatnomasi») (890 h.) dostonlaridan iborat bo‘lib, «Haft avrang» («Yetti taxt») deb ham ataladi.

Добавить комментарий
Нет комментариев и отзывов. Станьте первым!