Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Sayt haqida

Kitobxon.com saytining faoliyati keng aholimiz va kitobxonlar orasida kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyati va bilimini oshirish hamda targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini mustahkamlash g‘oyalariga qaratilgan.
Keng aholimiz va kitobxonlar orasida kitob targ‘ibotini olib borish, dunyoqarashlari va intellektual saviyalari hamda kitob o‘qishga bo‘lgan havaslarini yanada oshirish uchun barcha yozuvchi va shoirlar, asarlar yaratuvchi, kitoblar nashr qiluvchi shaxslar, tashkilotlar va birlashmalarni bir maqsad yo‘lida birlashtirish - Kitobxon.com saytining ustuvor yo‘nalishlariga kiradi.
Kitobxon.com sayti quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi.

Aholi va kitobxonlar uchun:

•    “elektron (raqamli) kutubxona” ga elektron kitoblar arxivini yaratish;
•    on-layn materiallariga  kirish;
•    yangi kitob mahsulotlari haqida sharhlar berib borish;
•    kitoblar haqida fikr va mulohazalar bildirish.

Nashriyotlar uchun:

•    kitoblarning elektron va audio (MP3-formati) nusxalarini yaratish;
•    kitob mahsulotlari haqida reklamasini amalga oshirish;
•    yuklab olinayotgan hamda kitob olamiga kirilayotgan ommabop kitoblar statistik ma’lumotlarini olib borish;
•    kitobxonlarning fikr va mulohalarini kiritish;
•    kitob olamidagi asarlar katalogini yuborish;
•    mas’ul xodimlar hamda shaxslarga internet saytlaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini o‘rgatish;
•    saytda internet-magazin bo‘yicha hamkorlik dasturini yaratish.

Mualliflar uchun:

•    to‘g‘ridan-to‘g‘ri mualliflik shartnomalarini tuzish;
•    kitoblarning elektron va audio nusxalarini yaratish;
•    kitoblar reklamasini olib borish;
•    yuklab olinayotgan hamda kitob olamiga kirilayotgan ommabop kitoblar statistik ma’lumotlarini olib borish;
•    internet saytlaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini o‘rgatish;
•    aloqa qilish imkoniyati hamda fikr va mulohalar almashish.

Kitob magazinlari uchun:

•    multimedia va kitob mahsulotlarini sotib olish;
•    kitob magazini va kitoblari reklamasini yo‘lga qo‘yish;
•    eng ommabop kitoblar reytingini olib borish.
 
Kitobxon.com  sayti -  yozuvchi va shoirlar hamda boshqa kitob yaratish dunyosi vakillarining kitoblar va kutubxona ishlari, shu jumladan kitoblar sotuvini amalga oshirish va nashr qilish bo‘yicha bog‘lovchi xalqadir.