Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

Oferta

KITOBXON.COM

sayti orqali kitob mahsulotlarini sotish

va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha

OFERTA

 

 «InfoPort» mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori A. Rahimov, tashkilotning ustavi asosida bir tomondan hamda Internetda Kitobxon.com saytidan foydalanuvchi shaxslar ikkinchi tomondan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik talablariga muvofiq aholi orasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish maqsadida kitoblarni turli (qog‘ozli, elektron va audio) shakllarda sotish va xarid qilish, xizmatlar ko‘rsatish, ijrosini nazoratga olish bo‘yicha o‘zaro bitimga kelishadilar.

Mazkur oferta O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik talablariga binoan Internet tarmog‘idan foydalanuvchi cheklanmagan barcha shaxslar uchun ommaviy, ochiq-oshkoralik asosida olib boriladigan shartnoma hisoblanadi.

1. Terminlar va ta’riflar.

Sotuvchi - «InfoPort» mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkiloti, manzil: Toshkent sh., M.Ulug‘bek tumani, Bo‘z bozor 7-tor ko‘chasi, 21-uy, telefon raqami: +99890 959-25-26, xaridorlarning Buyurtmasi asosida, Internet orqali ijroni nazoratga olgan holda masofadan turib kitob olami bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi va mutolaa madaniyatini oshiruvchi shaxs hisoblanadi.

Xaridor – Internet tarmog‘idan foydalangan holda Sotuvchining saytida ro‘yxatdan o‘tgan, saytda tanlab olingan kitobni yuklab olish uchun to‘lovni amalga oshirgan yoki Sotuvchining xizmatidan foydalanib kelayotgan hamda mutolaa madaniyatini oshirib, kitob o‘qishga qiziqishi katta bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxs.

Oferta – sotuvchining nomuayyan shaxslar doirasiga chakana savdo-sotiq qilish yo‘li bilan masofadan turib Internet orqali turli xizmatlar ko‘rsatish va sotib olish bo‘yicha Sotuvchining shartlari doirasida Shartnoma tuzishga qaratilgan taklifdir.

Aktsept – Xaridor tomonidan Ofertani to‘liq va shartlarsiz qabul qilingani va Shartnoma tuzilgan deb hisoblangan holat.

Shartnoma – Internet orqali masofadan turib xizmat ko‘rsatish va sotib olish bo‘yicha Sotuvchining shartlari hamda Xaridorning roziligi asosida belgilangan Katalog yoki ro‘yxat (janr-bo‘lim) doirasidagi kelishuv (bitim).

Tomonlar – shartnoma bo‘yicha bir bitimga kelayotgan Xaridor va Sotuvchi.

Buyurtma – elektron hujjat, ya’ni Xaridorning tanlagan Xizmat turi bo‘lib, unda xizmat yoki mahsulotning narxi (belgilangan hollarda esa tanlangan Bonuslar), xizmat yoki mahsulot bo‘yicha talab etiladigan  va Xaridorga tegishli ma’lumotlar: FISh yoki nomi, (elektron) manzili, bog‘lanish uchun telefon raqami yoki elektron manzili (kontakt) va saytning tegishli shaklida belgilangan boshqa ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Buyurtmani to‘ldirish jarayonida Xaridor pulni to‘lov usuli, to‘lov kodi, etkazib berilishi (va boshqa hamma harajatlari) haqida to‘liq ma’lumotni kiritishi lozim.

To‘lov kodi (ID raqami) – yagona va takrorlanmas raqam ko‘rinishidagi, har bir Xaridorga uning Buyurtmasiga asosan bir marta avtomatik tarzda (doimiy ravishda foydalanish uchun) beriladigan (imzosi sifatida baholanadigan) belgi (kod). To‘lov kodi (ID raqami) Buyurtmalar bo‘yicha bir marta berilishi munosabati bilan hisob-kitob hujjat (invoys) o‘rnini bosadi.

Xizmatlar – Xaridorning Buyurtmasi asosida tanlangan, Internet orqali masofadan turib belgilangan ma’lumotlar bo‘yicha joylarga yuborilishi ko‘zda tutilgan va amalga oshiriladigan ishlar. Ularga mahsulotlar, tovarlar, testlar, tanlovlar, auktsion-shoular va boshqa moddiy, nomoddiy xizmatlar kiradi.

To‘lov usuli – Xaridor tomonidan buyurtma uchun saytda belgilangan o‘ziga qulay va tanlangan to‘lov yo‘li hisoblanib, Buyurtmaning shaklida uning nomi ko‘rsatiladi (“Paynet”  “Click” yoki “Payme”, shuningdek "Visa" yoki "Mastercard"). 

To‘lov operatori – aholidan Xizmatlar ko‘rsatish va Buyurtmalar uchun belgilangan pul to‘lovlarini amalga oshirishga vakolatlangan va Sotuvchi bilan tegishli shartnomasi mavjud bo‘lgan tashkilot xodimi.

Elektron hujjatlar – Buyurtmalar, to‘lov hujjatlari, hisob-kitob hujjati (invoys), reklamatsiyalar, e’tirozlar va Tomonlarning o‘z majburiyatlarini bajarishlariga tegishli bo‘lgan boshqa hujjatlar.

Mobilь ilovalar – yuklab olingan kitoblarni o‘zi uchun qulay vosita dasturlari (Windows, Android App  Store, iOS) orqali ochish tizimi. Ulardan eng qulayi Xaridor tomonidan o‘z vositasiga o‘rnatilgan holda qo‘llaniladi. 

Yuklab olish – Xaridor tomonidan tanlab olingan kitobni o‘z vositasi (kompyuter, telefon, smartfon yoki boshqa moslama) da o‘qish uchun  olish usuli. Xaridor tomonidan sotib olingan elektron kitob faqat 3 ta (kompyuter, telefon, smartfon yoki boshqa) vositaga yuklab olinishi mumkin.

Bonus – Sotuvchining Internet orqali saytdan foydalanuvchilar sonini ko‘paytirish maqsadida buyurtmaga qo‘shimcha ravishda taqdim etiladigan rag‘batlantirish mukofotidir. Bonuslar bepul va qisman pullik bo‘lishi mumkin. Bonuslarni taqdim etish yoki tanlash majburiy emas.

Kurer – Sotuvchi tomonidan Xizmatlar va Bonuslarni, xatlar va boshqa korrespondentsiyalarni Xaridorga etkazib berish uchun tayinlangan yuridik yoki jismoniy shaxs, asosan ushbu o‘rinda "O‘zbekiston pochtasi" AJ yoki boshqa xususiy korxonalar xizmatidan foydalaniladi. Boshqa holatlarda kurьerlik Xaridor bilan kelishiladi.

Login va parol – ikki nodir yozuvlar (raqamlar) belgisi hisoblanadi, ya’ni qidiruv tizimlari (Google, Mail, Yandex, Rambler yoki boshqalar) orqali saytlardan ro‘yxatdan o‘tish va ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lish, o‘z ma’lumotlarini kiritib borish, yuborish va qabul qilish uchun yaratilgan akkaunt (elektron pochta) ning nomi (so‘z) login deb aytiladi. Parolь esa yaratilgan mazkur akkaunt (elektron pochta) ni ochish uchun shaxs tomondan o‘ylangan maxfiy raqam (yozuv)lar yig‘indisidir.

Shaxsiy kabinet – Xaridorning Sotuvchi saytidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar va kitoblarni saqlaydigan shaxsiy sahifasi. Shaxsiy kabinet amalga oshirilgan to‘lovlar, hisobdagi mablag‘ miqdori, sotib olingan va saralangan kitoblarni qayd qilib borish sahifasi bo‘lib, u faqat shaxsning login va paroli orqali ochiladi.

Billing - to‘lovlarning amalga oshirilgani haqidagi hisob tizimi.

2. Umumiy shartlar.

2.1. Ushbu Shartnoma hamda Saytdagi taklif etilayotgan Xizmatlar Ommaviy oferta hisoblanadi.
2.2. Xaridor Saytda Buyurtmani amalga oshirish uchun mazkur Shartnoma shartlariga to‘liq rozilik bildirishi va ularni qabul qilishi lozim.
2.3. Sotuvchi, zarur holatlarda Shartnoma shartlariga o‘z tomonidan o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
2.4. Sotuvchi Xizmatlarni amalga oshirish jarayoniga Xaridorning roziligisiz uchinchi tomonni jalb etish huquqiga ega.

2.5. Xizmatdan foydalanish jarayonida va xizmat yuzasidan qo‘shimcha savolga, maslahatga ehtiyoj paydo bo‘lganda Xaridor birinchi bo‘lib Sotuvchiga murojaat qilishi lozim. Ushbu talabni qondirish uchun Xaridor Saytda ko‘rsatilgan: “Biz bilan bog‘lanish” tugmasidagi elektron manzil yoki ko‘rsatilgan telefon raqami orqali Sotuvchiga murojaat qilishi lozim.

2.6. Xaridor Saytdan olingan Xizmat va uning natijalarini, Bonuslar va boshqa moddiy va nomoddiy mulklar (huquqlar) ni boshqa shaxslarga bermaslik va ularni tijorat maqsadlarida ishlatmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Bunday hatti harakatlar qonun buzilishiga olib kelishini to‘liq idrok etadi.

2.7. Moddiy eltmalar belgilangan tartibda, asosan "O‘zbekiston pochtasi" AJ orqali amalga oshiriladi.

2.8. Tegishli hollarda Moddiy eltmalarni etkazib berilishi muddati (Buyurtmani shakllantirish paytida ularni omborda mavjudligi va boshqa holatlarni o‘zida aks ettirgan holda) shartli hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, Moddiy eltmalar "O‘zbekiston pochtasi" AJ (va boshqa kurьerlik xizmatlari) orqali etkazilishini inobatga olib, tugal muddat "O‘zbekiston pochtasi" AJning me’yorlari va tartiblarida belgilangan muddatlar va kafolatlar bilan belgilanadi.

2.9. Moddiy eltmalarni Xaridorga etkazib berish uchun uchinchi tomon jalb etilishi inobatga olinib, eltib berish xizmatlari uchun alohida to‘lov belgilanishi Xaridorda e’tiroz tug‘dirmasligi idrok etiladi.

2.10. Saytdan olingan elektron manbalarni faqatgina kitobxon.com sayti ilovalari orqali (internetsiz) yoki Onlayn (internet orqali) tarzda o‘qish mumkin. Saytda o‘rnatilgan himoya tizimini buzish orqali kitob matni va rasmlaridan foydalanish taqiqlanadi.

2.11. Kitobxon.com saytidagi kitob va nashrlar, boshqa shaxslarga o‘tkazilmaydigan mualliflik va turdosh xuquqlar hamda boshqa mulkiy va nomulkiy xuquqlarning barchasi tegishli xuquqiy egalik sohibida saqlanib qoladi.

2.12. Kitoblardagi faktlar va ularning mazmuni uchun mualliflar javobgardir. Shuningdek, foydalanuvchilar ham o‘zlari yozgan mulohazalar uchun mas’uldirlar.

2.13. Muallif yoki mutasaddi davlat idoralarining qonuniy talabiga ko‘ra, kitob yoki nashrlar saytdan o‘chirib tashlanishi mumkin.

2.14. Qoidalarni qasddan buzgan foydalanuvchilar bloklanadi.

3. Buyurtmani shakllantirish tartibi.

3.1. Xizmatlarni amalga oshirish uchun Xaridor Saytda ko‘rsatilgan xizmatni yoki Buyurtmani rasmiylashtiradi. Birinchi marta Buyurtmani rasmiylashtirayotgan Xaridor "ro‘yxatdan o‘tish" jarayonidan o‘tadi, keyingi holatlarda buyurtmani shaxsiy kabinet orqali amalga oshiradi.

3.2. Ro‘yxatdan o‘tish – Xizmatlar natijalari va/yoki Moddiy eltmalarni Xaridorga etkazilishini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni saytda keltirilgan “Ro‘yxatdan o‘tish” shakli asosida Xaridor tomonidan to‘ldirilishidir. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng Xaridorga shaxsiy kabinet ochiladi. Xaridor shaxsiy kabinetiga kirgach barcha ma’lumotlarni mustaqil o‘zgartirib borishi hamda eng asosiysi shaxsiy elektron kutubxonasini shakllantirib borishi mumkin.

3.3. Faqat Ro‘yxat (Avtorizatsiya) dan o‘tgandan so‘ng Buyurtma uchun to‘lovni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Buyurtmani shakllantirish jarayoni “To‘lov” tugmasini bosish bilan yakunlanadi. Ushbu tugmani bosish chakana savdo-sotiq bo‘yicha Shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi Aktsept hisoblanadi. Ushbu holat Xaridorning Buyurtma bo‘yicha to‘lovni amalga oshirganini bildiradi.

3.4. Buyurtmani rasmiylashtirishda (ro‘yxatdan o‘tishda) taqdim etilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi va ishonchliligiga Xaridor to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

3.5. Xaridor tomonidan to‘lov to‘liq o‘tkazilgandan so‘ng Xizmatlar amalga oshiriladi.

3.6. To‘lanishi zarur bo‘lgan mablag‘ miqdori Buyurtmani rasmiylashtirishda Xaridorga jadval orqali ko‘rsatiladi. Ro‘yxatda keltirilgan kitoblarning narxi Sotuvchi tomonidan o‘zgartirib borilishi mumkin. Bunday o‘zgartirishlar rasmiylashtirilgan va to‘lov amalga oshirilgan Buyurtmalarga taaluqli emas.

4. E’tirozlarni taqdim etish.

4.1. Xaridor ko‘rsatilgan Xizmat, uning natijalarini olgandan e’tiboran 5 kun mobaynida ular bo‘yicha e’tirozlar, talablar va takliflarni taqdim etish huquqiga ega. Mazkur muddat o‘tganidan so‘ng Sotuvchi e’tirozlarni qabul qilmaydi.

4.2. Xizmatning Xaridor tomonidan kamchilik deb topilgan va taqdim etilgan e’tirozlari Tomonlarda kelishmovchilikni yuzaga keltirgan holatlarda qo‘shimcha ravishda ekspertiza o‘tkazilishi mumkin. Sotuvchi hisobidan harajatlar qoplanishi ko‘zda tutilgan ekspertiza natijasida kamchilikning mavjud emasligi, yoki kamchilik Sotuvchiga taalluqli bo‘lmagan holatlar natijasida yuz berganligi aniqlansa, Xaridor bunday hatti-harakatlarga sarflangan xarajatlarni to‘liq qoplab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

5. Javobgarlik va boshqa shartlar.

5.1. Sotuvchining Xaridor oldidagi mulkiy javobgarligi hajmi Buyurtma bahosi (summasi)dan oshmasligini Tomonlar to‘g‘ri tushungan holda qo‘llaydilar.

5.2. Buyurtma rasmiylashtirishda Xaridor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar (familiya, ism, sharif, manzil, indeks, elektron pochta, telefon raqami va boshqalar) ning ishonchliligiga to‘liq javobgarlik Xaridor  zimmasiga yuklanadi. Agar Xaridor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi natijasida Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajara olmasalar, unda Sotuvchi Buyurtmani bajarilmasligi va/yoki Moddiy eltmalarning etib bormasligi holatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi, bunda kelib chiqadigan oqibatlarni o‘zidan soqit qiladi.

5.3. Buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida (Sotuvchi kitob mahsulotlarini yuborishdan oldin) Xaridorning rekvizitlari o‘zgarganda, rekvizitlarda xato mavjudligi aniqlanganda hamda bunday holatlar Sotuvchining Xaridor oldidagi majburiyatlarini bajarishga ta’sir qilgan holatlarda Xaridor zudlik bilan Sotuvchiga xabar berishi lozim. Bunday talablarga amal qilinmagan holatlarda agar Sotuvchi Xizmat natijalarini internet orqali jo‘natgan bo‘lsa va/yoki Moddiy eltmalar Kurьerga berib yuborilgan bo‘lsa, unda Xaridor tomonidan ushbu hatti-harakatlar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladi.

5.4. Xaridor Saytga tegishli bo‘lgan axborotlarni, shu jumladan, o‘zaro manfaatdor bo‘lgan reklama xabarlarini Sotuvchi tomonidan Xaridorning elektron pochtasi yoki telegramm manziliga yuborilib turilishiga e’tiroz bildirmaydi. Obunachi sifatida registratsiyadan o‘tgan Xaridorlar axborotlarni, shu jumladan, manfaatli reklama xabarlarini doimiy etkazib turilishini idrok etadilar va rozilik bildiradilar. Xaridor sababini bildirmagan holda bunday xabarlar yuborilishini inkor etishi huquqiga ega. Xaridor Tomonlar majburiyatlarini bajarilishi bilan bog‘liq xabarlarni inkor etish huquqiga ega emas.

5.5. Sotuvchi Saytni ommabopligini oshirish maqsadida turli shou, o‘yinlar va boshqa aktsiyalarni o‘tkazishi mumkin.

5.6. Xaridor saytda Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng mazkur Oferta orqali Shartnoma shartlari bilan to‘liq tanishib chiqqanligini va bu shartlarga o‘z roziligini bildiradi.

5.7. Sotuvchi Xaridor tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va darajada himoyada bo‘lishiga va sir saqlanishiga javobgar hisoblanadi.

6. Munozaralar va e’tirozlar berish tartibi.

6.1. Sotuvchi va Xaridor yuzaga kelgan barcha munozarali holatlarni kelishuv muzokaralari orqali echishga harakat qiladilar. Xaridor barcha e’tirozlar va munozaralarni Sotuvchiga:

+998 90 959-25-26 raqamli telefon orqali har kuni (bayram va yakshanba kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan 18.00 gacha (tushlik 13.00 dan 14.00 gacha) vaqt oralig‘ida;

www.kitobxon.com caytining “Biz bilan bog‘lanish” tugmasi orqali;

saytning info@kitobxon.com elektron pochtasi orqali bildirishi mumkin.

6.2. Sotuvchi e’tirozlarni olgan vaqtdan boshlab 10 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va Xaridorga javob beradi.

6.3. Ushbu qoidalarda nazarda tutilmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tartibga solinadi. Ushbu qoidalarda nazarda tutilgan yoki u bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha nizolar, talablar yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda taraflar ularni muzokaralar yo‘li bilan hal etish choralarini ko‘radilar.