Saytimizdan nafaqat elektron, balki qog'ozli kitoblarga ham buyurtma berishingiz mumkin.
Buyurtmangiz O'zbekiston pochtasi orqali manzilingizga etkaziladi. Do‘kon telefoni: +99871 227-12-39

Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

Mualliflar va tashkilotlar uchun

Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq kitoblar nashri, ularning savdosi va targ‘ibotiga qaratilgan ishlar bilan bir qatorda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beradigan saytlar ochilib, xayrli va ta’sirchan ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

“Kitobxon.com” sayti qisqa vaqtlarda tashkil etilgan, ko‘plab kitobxonlarni o‘ziga jalb qilayotgan, nufuzi oshib borayotgan va shu yo‘nalishdagi birinchilardan bo‘lib kelayotgan internet saytidir.

Bugungi kunda “Kitobxon.com” saytini rivojlantirish uchun o‘ndan ziyod nashriyotlar hamda 100 dan ortiq yozuvchi va shoirlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilib, mualliflarning nasriy va nazmiy asarlari, badiiy, ilmiy, tarixiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, monografiya va boshqa yo‘nalishdagi adabiyotlar, o‘quvchi yoshlar, talabalar va o‘qituvchilar uchun darslik, qo‘llanma, lug‘at va metodik tavsiyalar kabi 4000 ga yaqin elektron kitoblar joylashtirilgan. Joylashtirilgan elektron kitoblar maxsus himoyaga ega bo‘lib, tarqalib ketishini oldini olish uchun undan ko‘chirma olish imkoniyati cheklangan.

“Kitobxon.com” sayti kitobsevar shaxslar uchun qulay va ro‘yxatdan o‘tish uchun oson ravishda tuzilgan bo‘lib, mobil qurilmalar uchun ham qulayliklar yaratilgan.

Elektron kitoblar sotib olinishini nazorat qilish bo‘yicha statistik ma’lumotlar olib boriladi. Kelib tushgan mablag‘lar yig‘ilib – to‘planadi hamda belgilangan tartibda tuzilgan shartnomaga asosan tashkilot va mualliflarga to‘lab beriladi.

Shu munosabat bilan Sizning muallifligingizda chiqarilgan asarlar va kitoblarni mazkur saytga kiritish uchun Biz bilan bog‘lanishingizni va belgilangan tartibda shartnoma tuzishingizni so‘raymiz.

Biz bilan shartnoma tuzganingiz va kitoblaringizni saytga joylashtirganimizdan so‘ng Siz saytimizdagi kitoblar sotuvi bo‘yicha to‘liq statistik ma’lumotni nazorat qilib borish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Biz bilan bog‘laning va doimiy ravishda yaratgan asaringizdan qo‘shimcha daromad mablag‘lariga ega bo‘lib boring. Yaratilgan asar nafaqat sizga doimiy ravishda daromad olib kelib turadi, balki uning elektron varianti minglab yillarga saqlanib qoladi.

 

“Kitobxon.com” sayti,

tel.raqami:  90-959-25-26,

E-mail: info@kitobxon.com