Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Aman Turg‘unovich Kenjabaev *

Aman Turg‘unovich Kenjabaev

 

Kenjabayev Aman Turg‘unovich 1959 yilning 31 oktyabrida Jizzax viloyati Forish tumani Ilonchi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1977 yilda Jizzax viloyati Forish tumanidagi 6-o‘rta maktabni, 1982 yilda Toshkent Xalq Xo‘jaligi institutining (Hozirgi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti) “Iqtisodiy kibernetika” fakultetini tugatgan.

O‘z mehnat faoliyatini 1982 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida muhandislikdan boshlab, 1986 -1989 yillarda mazkur birlashmaning kunduzgi aspiranturasida o‘qigan.

1989-1991yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida kichik ilmiy xodim, ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 1991-1992 yillarda Toshkent Davlat iqtisodiyot Universitetida Hisoblash markazi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 1992-1997 yillargacha TMI “IAQIAS” kafedrasida dotsent, so‘ngra 1997 yildan to hozirgi davrgacha TMI “Informatsion-kommunikatsion texnologiyalar” (IKT) kafedrasining mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

2015 yilning 15 mayidan Xalqaro injenerlar akademiyasining injenerlik taʼlimi bo‘yicha muxbir aʼzosi hisoblanadi. 250 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi...