Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Behzod Fazliddin *

Behzod Fazliddin

 

1983-yil 20-sentyabrda Chust tumanidagi Damobod qishlog‘ida tug‘ilgan. 2005-yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti bakalavrlik bosqichini, 2007-yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistratura bo‘limini tamomlagan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy tadqiqot olib borgan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

"Muqaddas zamin" (1999), "Bog‘laringdan ketmasin bahor" (2000), "Onamning ko‘ngliga ketamiz" (2003), "Sen qachon gullaysan" (2008), "Kutmagan kunlari, kutgan kunlarim" (2012), “Tushlaringdan chiqib keldim” (2017) nomli sheʼriy to‘plamlari, qator badiiy-publitsistik, ilmiy-adabiy maqolalari chop etilgan. Sheʼrlari bir necha tillarga tarjima qilingan.