Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Cho‘lpon

 Cho‘lpon

 

O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Yunusov — Cho‘lpon 1897 yilda Andijonning «Qatorterak» mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Uning ilk ijodi ijtimoiy va madaniy hayot haqida xabarlar yozish bilan boshlangan.
Otashqalb shoirning yuksak hissiyotga yo‘g‘rilgan she’rlari tezda uni elga tanitdi, turkiy dunyoga mashhur qildi. Ayni chog‘da uning hurlikni, ozodlikni alqagan she’riyati o‘zbek xalqida ona diyorga muhabbat, mustamlakachilarga nafrat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyaladi.
Cho‘lpon nasrda ham ijod qildi. Uning nazokat va nafosatga vobasta qalami «Oydin kechalarda», «Qor qo‘ynida lola» hikoyalarida va «Kecha va kunduz» romanida yorqin aks etgan.
Adib jahon adabiyotining nodir asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girdi. Shoir tarjimasidagi V. Sheksspirning «Hamlet»i o‘zbek tarjima san’atining shoh namunasidir.
Cho‘lpon 1937 yilda «xalq dushmani» sifatida hibsga olingan va hukmga ko‘ra, 1938 yil 4 oktyabrda Toshkentda otilgan.