Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

To‘ra Poyonovich Eshpo‘latov *

To‘ra Poyonovich Eshpo‘latov

 

Eshpo‘latov To‘ra Poyonovich 1993 yil Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining "Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash" mutaxassisligini muvaffaqiyatli tugatib, "Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash" kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi va dosent lavozimida ishlagan. Oxirgi yillarda Termiz neft bazasida direktor, "O‘zgeoneftgazqazibchiqarish" aksionerlik kompaniyasi tasarrufidagi UPTOiK unitar korxonasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari va boshliq lavozimlarida ishlagan.
T.P. Eshpo‘latov 2001 yil “Neft va gaz favvoralarining oldini olish va ularni bartaraf etish” muammolariga bag‘ishlangan mavzuda nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari nomzodi darajasiga ega bo‘lgan. Iqtidorli mutaxassis va olim T.P. Eshpo‘latov tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Rossiya kabi davlatlar nashrlarida chop etilgan.