Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Uzoq Jo‘raqulov

Uzoq Jo‘raqulov

 

Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich 1967 yilning 1 yanvarida Qashqadaryo viloyati Kasbi tumaniga qarashli Maymanoq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1974 – 1984 yillarda o‘rta maktabda o‘qigan. 1985 – 1987 yillar orasida Germaniya (oldingi Germaniya demokratik Respublikasi)da harbiy xizmatda bo‘lgan.Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti bo‘limida o‘qib, 1994 yili uni tamomlagan. 1997 yilga qadar O‘zMU aspiranturasida tahsil olgan. 1998 yilda o‘zbek filologiyasi fakulteti “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” kafedrasida ilmiy xodim lavozimida faoliyat boshlab, professor Begali Qosimov rahbarligida “Fitratning tadqiqotchilik mahorati” mavzuidagi nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan, so‘ngra “Alisher Navoiy “Hamsa”sida xronotop poetikasi” yo‘nalishiga bag‘ishlangan doktorlik dissertasiyasi ustida ishlagan.Uning “Fitratning tadqiqotchilik mahorati” (2004 yil), “Hududsiz jilva” (2006 yil) to‘plami, yapon yozuvchilari novellalarini o‘z ichiga olgan “Yuzini yo‘qotgan odam” (2008 yil) tarjima kitoblari chop etilgan.