Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mavluda Baxtiyor qizi Kubayeva *

Mavluda Baxtiyor qizi Kubayeva

 

Kubayeva Mavluda Baxtiyor qizi 1990 yil 9 oktyabrda Samarqand viloyati Qo‘shrobot tumanida tug‘ilgan. 2013 yil Navoiy davlat pedagogika institutining Maktabgacha taʼlim va bolalar sporti yo‘nalishini, 2020 yil Navoiy davlat pedagogika institutining Maktabgacha taʼlim mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tugatgan. 2019 yil “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik tanlovida “Ijodkor tarbiyachisi” yo‘nalishi bo‘yicha Respublikada 1-o‘rinni olgan. Ish faoliyatini Navoiy davlat pedagogika institutining Maktabgacha taʼlim kafedrasida o‘qituvchisi lavozimida olib bormoqda.

Kubayeva Mavluda maktabgacha pedagogika muammolariga bag‘ishlangan 35 dan ortiq maqola va tezislar, “Milliy o‘yinchoqlar tikish texnologiyasi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ekologik taʼlim va tarbiya berishning vizual texnologiyasi (“Fan va tabiat” markazi uchun elektron qo‘llanma)”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarga vizual texnologiyalar asosida ekologik tarbiya berishning samarali usullari” nomli uslubiy qo‘llanmalar, Tabiat bilan tanishtirish metodikasi va texnologiyalari o‘quv qo‘llanmasi muallifi.