Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Temur Mirzaev

Temur Mirzaev
Haqiqiy ism va sharifingiz:

Gulshaniy

 

Kamina Farg‘ona vodiysida 1986 yilda tug‘ilganman. Qishlog‘im hozirda Farg‘ona tumanida joylashgan Gulshan qishlog‘i bo‘lib, Xo‘janazar Huvaydo yashagan qishloq yonginasida. Shu yerda 7-o‘rta maktabda tahsil olganman.

Yuqori sinflarni Farg‘ona shahrida "Iqtidorli bolalar 1-litseyi"da tamomladim. 2004 yildan boshlab Bakalavrni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida, hozirda universitetida davom ettirdim. YO‘nalish - filolog, ixtisosim - indonez tili.

- 2005-2006 yillarda Indoneziyada - UNESA universitetida davom ettirdim. Magistr bosqichini yana Sharqshunoslikda bitirgach, 2 yil indonez tili va tarjima yo‘nalishida talabalarga ustozlik qildim.

- 2012-2014 yillar davomida Indoneziyaning Toshkentdagi elchixonasida matbuot kotibi va tarjimon lavozimida ishni davom ettirdim.

- 2014-2015 yillar ijodiy tanaffus oldim - tarjimalar, kino-ssenariylar, sayyohlar uchun qo‘llanmalar va "o‘xshamagan satrlar" qoralash )))

- 2015 yildan to bugunga qadar “O‘zbekturizm” millis agentligi (hozirgi Turizm qo‘mitasi) da faoliyat olib bormoqdaman. Targ‘ibot, ziyorat turizmi, xorijda taqdimotlar, ommaviy tadbirlar, startaplar, mobil ilovalar va ko‘plab sohalar bo‘yicha loyihalar.

- 2020 yildan "Turizm laboratoriyasi" kreativ yoshlar markazi rahbari.

Parallel 2008-2014 yillarda JUST o‘quv markazida ingliz tilidan dars berdim.

Parallel 2004-hozirgacha Zakovat intellektual klubida aʼzo va ekran o‘yinlarida ishtirok etib kelmoqdaman.

Hobbi: Sayohat, mutolaa (ham bukinist, ham bibliofil), intellektual o'yinlar, futbol

Ijodiy ishlar:

"To quyosh sochgayki nur" - Erkin Vohidov zamondoshlar nigohida. "O‘zbekiston" nashriyoti. Rustam Mirvohid bilan hamkorlikda.

"Bahrdan bahralar" - Erkin Vohidov asarlaridan jamlangan hikmatli so‘zlar to‘plami. "O‘zbekiston" nashriyoti.

"Navoiydan 100 hikmat" - 3 til hikmatli so‘zlar to‘plami. Yangi asr avlodi nashriyoti.

"Bahasa Turki sehari-hari" - sayyohlar qo‘llanmasi, indonez tilida. KesaintBlanc nashriyoti

"Daily Conversation + Words Turkish" indonez sayyohlari uchun so‘zlashma. KesaintBlanc nashriyoti.

Nashrga tayyorlanmoqda:

"So‘z va soz" - Erkin Vohidov asarlari kuyda

"Yosh sayyoh qo‘llanmasi" - bolalar uchun sayohat kitobchasi