Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

Abdujabbor Obidov

Abdujabbor Obidov

 

Abdujabbor Abduxamidovich Obidov, 1953 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, fan nomzodi. O‘zbekiston Milliy Universitetini bitirgan, kasbi informatik. Ko‘plab o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratgan. Etmishdan ortiq ilmiy-pedagogik maqolalar muallifi. Hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ishlaydi. 2001-2013 yillar davomida “Shabnamdek pok muhabbat”, “Daraxt gullab topar e’tibor”, “Mahliyo ko‘ngil”, “Javzo ifori”, “Shosh ohanglari”, “Mumtoz navo” va “Seni qizg‘onaman” she’riy kitoblarini bosib chiqardi. “Baxtini yo‘qotgan go‘zal” romani (2013 y.), “Ekkaningni o‘rasan”, “Bezabonlar muhabbati” va “Qamishzordan mo‘ralagan yor” (2014 y.) nasriy asarlari chop etilib kitobxonlarga taqdim etilgan.