Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Ominaxon Tojiboyeva *

Ominaxon Tojiboyeva

 

Ominaxon Tojiboeva 1948 yil 15 iyunda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. 1967 yil Andijon davlat pedagogika universitetini o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.
Uning ilk she’ri 1962 yilda tuman gazetasida chop etilgan. Keyinchalik, o‘z ijod namunalari bilan viloyat va respublika davriy nashrlarida faol qatnashib, adabiy jamoatchilik e’tiborini qozondi. “O‘zbekiston madaniyati” (hozirgi “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”), “Qishloq haqiqati” (hozirgi “Qishloq hayoti”), Kommunist (hozirgi “Andijonnoma”) kabi gazetalarda, “Sharq yulduzi”, “Saodat”, “Yoshlik”, “Yosh kuch”, “Gulxan”, “Mushtum”, “G‘uncha” jurnallarida turkum she’rlari, hikoya va qissalari, ocherk va feletonlari e’lon qilindi. 1974 yilda “Yoshlik” almanaxida “Ilhom manbai” nomli she’riy turkumi, “Sharq yulduzi” jurnalining 1996 yil fevral sonida “Uni sevardim” qissasi, 1976 yili “Yashasin, muhabbat” ocherklar to‘plamida “Bemehr bo‘lmang” ocherki e’lon qilingan. 1987 yilda nashrdan chiqqan “Qaldirg‘ochlar” va “Uch muallif” to‘plamlariga nasriy asarlari kiritilgan.
1992 yilda “Baholashda oshkoralik” maqolasi “Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilingach, “Yilning eng yaxshi asari” sifatida e’tirof etildi. “Uni sevardim” qissasi respublika radiosida insenirovka qilinib, keng xalq ommasiga taqdim etildi.
1999 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolagiga qabul qilingan.
2001 yili “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan “Unvon” qissasi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Istiqlol tongi” ko‘rik-tanlovida rag‘batlantiruvchi mukofotga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, respublika xotin-qizlar gazetasi “Gulchehralar”da e’lon qilingan “Ammayam teng, hammayam teng” rivoyati, “Saodat” jurnalida bosilgan “Olmos sir” hikoyasi adabiy jamoatchilik tomonidan yuqori baholangan.
Mustaqillik yillarida adiba samarali ijod qildi. “Dil rozi” (G‘afur G‘ulom nashriyoti - 1992), “Ey farzand” (“Hayot” - 1997), “Ey do‘st” (“Andijon” - 1998), “Unvon” (“Yangi asr avlodi” - 2001), “Bobur armoni” (“Kamolot” - 2002), “Ishq nuri”, “Qismatning toshloq yo‘llari” (“Yangi asr avlodi ” - 2002) kabi qator nasriy va nazmiy asarlari to‘plamlari o‘quvchilar qo‘liga etib bordi.
2009 yilda O. Tojiboevaning “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”ga bag‘ishlanib “Paxtaobod durlari yohud tutash taqdirlar” nomli publisistik asarlari to‘plami “Fan” nashriyotida chop etildi.
Shoira va adiba Omina Tojiboevaning uch jildli saylanma asarlari 2008 yilda “Turon-iqbol” nashriyotida chop etilgan.
U “Xalq ta’limi fidoyisi”, “O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi”dir.
2016 yilda adibaning “Shamollarga uchgan nidolar” tarixiy romani “O‘zbekiston” nashriyotida chop etildi. Omina Tojiboevaning “Dil rozi”, “Uni sevardim” qissalari ingliz tiliga tarjima qilinib, “Onse I Loved Him” nomi bilan Andijon nashriyotida chop etildi. “Qiyomat taqdir” qissasining inglizcha tarjimasi “Doomsdey destiny” nomida nashr etildi.
2014 yili va 2018 yili “Eng ulug‘, eng aziz” Respublika tanlovining viloyat bosqichi, 2015 yili “Vatan uchun yashaylik” Respublika tanlovi g‘olibi bo‘ldi.