Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Iskandar Rahmon *

Iskandar Rahmon

 

Iskandar Rahmon 1937 yil 20 oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1955 yili Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi Obliq qishlog‘ida o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti (hozirgi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi) ning davolash fakultetida tahsil ko‘rdi, 1961-1987 yillarda Qurolli Kuchlar safida harbiy shifokor bo‘lib xizmat qildi.
Dastlabki adabiy saboqlarni O‘zbekiston xalq shoiri Domla G‘ayratiy, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov, taniqli adiblardan Habib No‘’mon, Saida Zunnunova, Nosir Fozilovlardan oldi. Keyinchalik O‘zbekiston xalq shoirlari: Po‘lat Mo‘min, Jumaniyoz Jabborov, Muhammad Yusuf, Anvar Obidjon, Mahmud Toir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nazarmat bilan yaqin ijodiy hamkorlikda ishladi, o‘zi sevgan va ixlos qo‘ygan kasbi-koriga sadoqatini oqladi, el-yurt duosini oldi, martabasiga martaba qo‘shildi.
Uning harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi yigirmadan ziyod nasriy, nazmiy to‘plamlari - «Mehribonlar», «Darding bilan yashayman, dunyo!», «O‘zbekistonlik shifokorlar urush yillarida», «Olovli guldasta», «Oq libosli haloskorlar», «Harbiy shifokor xazinasi», «Ismi ''Q'' harfli qarindosh», «Asolat yulduzi», «Umr zarvaraqlari», «Shonli yo‘l saboqlari», «Nasaflik Do‘xtirbobo» kabi hujjatli qissalar, hikoyalar, ocherklar chop etilgan. Shuningdek, «Yo‘llardagi gullar», «O‘zbekiston askarlarimiz!», «Mard mehri-Vatan mehri», «Jonim fido Vatanga!», «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!», «Bayotlarim-qanotlarim», «Asra bolam o‘zingni!», «Bolajonim, hushyor bo‘l!», «Harbiycha alifbo», «Vatanga qasamyod» nomli to‘plamlari she’riyat muxlislari tomonidan iliq kutib olingan.
Iste’fodagi tibbiy xizmat podpolkovnigi, Qurolli Kuchlar fahriysi, Sog‘liqni saqlash a’lochisi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.