To‘lan Nizom *
To‘lan Nizom mohir dostonnavis shoir. U O‘zbekiston xalq shoiri (1998), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi. Xalqaro Cho‘lpon va Bobur mukofotlari laureati. «Mehnat shuhrati» (2003) va «El-yurt hurmati» (2008) ordenlari bilan taqdirlangan. To‘lan Nizom taxallusi, asl ism-sharifi esa Nizomov To‘lanboy.
1938 yil 17 avgustda Andijon viloyati, Bo‘z tumanining Beshgul qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatib, Andijon Davlat pedagogika institutiga kirgan. To‘lan Nizom institutni 1965 yilda tugatgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limida mas’ul kotib (1983-85), Bo‘z pedagogika bilim yurtida direktor (1985-2001) bo‘lib ishlagan.
Uning ilk she’riy to‘plami 1970 yilda «Sening ertaklaring» nomi bilan chop etilgan.
Uning «Iftixor» (1982), «Muqaddas ruh» (1992), «Vatan tuyg‘usi» (1993), «Chaman ichra», «Aks-sado», «Intizorlik» (1994), «Dahr bog‘i» (1995), «Saylanma» (1998) kabi she’riy to‘plamlari e’lon qilingan. «Bahoriy maysalar», «Avji yoz» va «Zarrin yaproqlar» nomi bilan (2007-2010) uch jildlik asarlari bosilgan.
To‘lan Nizomning «Cho‘lpon», «Majnuntol yig‘isi», «Girya», «Ruhi ravonim», «Bobur» kabi lirik asarlari chop etilgan.
Shoirning Usmon Nosirga bag‘ishlangan «Botmay qolgan oy» dostoni va «Cho‘lpon» dramasi, shuningdek, «Dovon», «Ruhlar qasidasi», «Alisher», «Suhbat», «Avvalu oxir» (2002-2003) to‘plamlari shoir ijodiy kamolotiga dalildir. «Uch so‘z» (1995), «Oq gul», «Alisher» (2003) singari doston va lirik qissalarini yozdi. «Non hidi» (1998), «Suhbat» va Qamchiq dovoni qurilishiga bag‘ishlangan «Dovon» (2002) dostonlari hamda "So‘zga aylangan qilich" she‘riy romani, "Temir yo‘l", "Sharof ota" asarlari muallifi.
Поделиться с друзьями в соцсетях