2016
Узбекский (лат)
304
978-9943-995-55-0
В данный момент нет в наличии.
Заказать: (90) 959-25-26
Рейтинг посетителей |
Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil deydi xalqimiz. Har bir katta-kichik asarning dunyoga kelishida ham shu mazmun, shu mohiyat yotadi desak yanglishmaymiz.
Abdurahmon Ibrohimovning ilk yirik asari – «Burungi bolalar» ham hozirgi tinch, osuda, hur zamonda bolalik nashidasini surib, yuksak marralar sari intilayotgan yoshlarimizning ibrat olishlari, mustaqilr erkin hayot qadriga yetishlari, shukronalik hissini tuyushlari uchun turtki bo‘lsa ajab emas.
Asarda o‘tgan asrning so‘nggi choragi - mustabid tuzum ich-dan yemirila boshlagan paytlar qalamga olingan. Muallif o‘sha zamon ijtimoiy hayotidagi adolatsizliklarni o‘quvchi va o‘qituvchi, оilа va maktab, kattalar va bolalar orasidagi munosabatlar orqali ochib berishga intilgan.
Ushbu asar zamonamiz yoshlarini ham, bolaligi romanda , tasvirlangan paytlarda o‘tgan yoshi katta kitobxonlarni ham befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.