Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн
ПодробнееПошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу
ПодробнееВы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги
ПодробнееКак купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ
2013
Узбекский (лат)
104
978-9943-4101-9-0
9200 сум
Рейтинг посетителей |
Hech zamonda mushuk ham musiqa chaladimi? Chalsa qanday chog'larda chaladi yoki chalgandek bo'ladi. Bola ilk bora qachon, necha yoshda tush ko'radi? Bir bolaning xayoliga o'xshagan xayol boshqa bolada ham bo'lishi mumkinmi? Ularni xayolchi do'stlar desa boiadimi? Bolalar bilan otalarning yoki bobolarning orasi qanday? Eng hazilkash do'stlarga boshqalarning munosabati qanaqa? Odamning yomg'irda ho‘1 bo'lmaydigan payti ham bo'ladimi?
Bu kitobdan bolalar bilan do'stlashishning uddasidan chiqqan, ularning eng yaqin sirdosh do'sti, yaqiniga aylangan Mustafo Ruhi Shirinning yuqoridagi savollarga javob beruvchi jajji va samimiy hikoyalari o'rin olgan. Hikoyalarning ayrimlari “Ma'rifat” gazetasida ham e'lon qilingan bo'lib, adabiyoе ixlosmandlari va adabiyotshunos mutaxassislar tomonidan iliq kutib olingan. Taniqli yozuvchi va bolalar shoiri Miraziz A'zam tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan mazkur hikoyalar kelajagimiz vorislari hisoblangan bolajonlarimizni tevarak-atrofga, ota-ona, bobo- buvilarga, sinfdosh, mahalladosh do'st-o'rtoqlarga, umuman hamma-hammaga nisbatan e'tiborli, mehr-oqibatli bo'lishga o'rgatadi.
XO‘ROZ ALl
Xo‘rozi yengilganda, Ali duch kelgan odamga urilib-surilib tashqariga otildi.
Xo‘rozining orqa tirnog‘i singan, toji yaralangan, qanotidan bir necha pati ham uzilgandi. Qanaqa xo‘rozligining ahamiyati yo‘q. Yengilgan, qochgan xo‘roz bo‘lsa-da, u Alining xo‘rozi edi.
Uning xo‘rozi qochganligi butun qishloqda ovoza bo‘ldi.
Xo‘roz qochib zo‘rg‘a jonini saqlab qoldi. Xo‘rozining ketidan ketgani uchun Ali ham yengilgan sanalardi. Shu sababli ham u bir necha kun uyidan tashqariga chiqmadi. Qo‘nog‘ining ichida xo‘rozi bilan mashg‘ul bo‘ldi. Xo‘rozning yaralari tuzalishi uchun qo‘lidan kelgan hamma tadbirlarni qildi. Xo‘rozini mayiz, yong‘oq va qovoq danagiga o‘rgatdi. Ba'zan tosh bilan maydalangan novvot ushoqlarini ham emlariga aralashtirib bergan paytlari bo‘lardi.
- Ayb bo‘ldi. - der edi xo‘roziga, - Yoqubning xomsemiz xo‘rozidan yengilmasliging kerak edi!..