Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Artur Konan Doyl

Artur Konan Doyl

 

Artur Konan Doyl (ingl. Arthur Conan Doyle; 22-may 1859 — 7-iyul 1930) — shotlandiyalik fizik va yozuvchi. Artur Konan Doyl Sherlok Xolms haqida yozgan detektiv asarlari bilan butun dunyoga mashhurdir. Xolms haqidagi hikoyalrni millionlab kitobxonlar hozirga qadar sevib oʻqiydi. Xolmsning jinoyat ishlarini ajoyib mantiq va fikrlash bilan hal qilishiga kitobxon lol qoladi.

Artur Konan Doylning koʻp asarlari rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Shu jumladan, „Sherlok Xolms haqida hikoyalar“ koʻp oʻzbek kitobxonlarining eng sevimli asarlaridandir.

Artur Konan Doyl 1859-yil 22-mayda Edinburgda tavallud topgan. Edinburg Universitetida tahsil olgan. Doyl yozuvchilikdan tashqari fizika va tibbiyot bilan ham shugʻullangan.

Konan Doyl ijodini „Sesassa vodiysining siri“ (1879) hikoyasi bilan boshlagan. Doyl „Badargʻa qilinganlar“ (1893), „Sardor Jerar jasorati“ (1894-95), „Rodney Ston“ (1896) tarixiy-sarguzasht romanlar, „Yoʻqolgan dunyo“ (1912), „Zaharlangan mintaqa“ (1913), „Marakot jarligi“ (1929) ilmiy-fantastik asarlar muallifidir.