Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
2016
O'zbek (kir)
224
978-9943-27-813-4
10200 so'm
Reyting |
«Huddi qiyomat qoyim boshlangandek hamma har yoqqa qocha boshladi. ...Yuz metrlar nariga tushgan snaryadning gumburlagan ovozi eru ko‘kni larzaga soldi. Abdurasul erga ekib qo‘yilgandek tanasi er ostida, boshi er ustida. Hech kim bu boshni ko‘rmadi. Kimdir taqali etigi bilan qurbaqani bosgandek qonga botgan boshni toptab o‘tdi. U bu azoblarga dosh berolmasligini tushundi. Shunda Abdurasulning ko‘z oldidan tug‘ilib o‘sgan yurti, ota-onasi, yor-do‘stlari o‘tdi. Beixtiyor vujudini tark etayotgan bor quvvatni yig‘ib «Onajo-o-n» deb qichqirdi...» «Afg‘on shamoli»ning ikkinchi kitobidan olingan shu kichik parcha o‘z vatanida yaratish, yashnatish, bilim olishga qodir bo‘lgan o‘zbek o‘g‘lonining begona erlarda yot g‘oyalarga asir bo‘lib qanchalar xor bo‘lganini ko‘z oldimizga keltiradi. Asar davomida kitobxonlar vataniga, xalqiga xiyonat qilgan, shuningdek, o‘z qilmishlaridan pushaymon bo‘lgan boshqa qahramonlarning ham boshidan kechirganlari, ichki kechinmalaridan ogoh bo‘ladilar...
TOJIKISTON
199… yilning erta bahorida Ergash iziga izquvarlar tushganini payqab qoldi. Shaharda sodir etilgan bir qator qotillik va bosqinchilik kabi og‘ir jinoyatlarda qo‘li borligi fosh bo‘ldi. Galdagi jinoyatni amalga oshirgan tunda odamlarini to‘pladi. – Zudlik bilan shahardan chiqib ketishimiz kerak! – dedi sheriklariga. – Mentlar izimizga tushibdi. Ertaga hammamizni tutib qamashadi. Ne’mat, sen bir-ikki kun shu erda qolasan. Odamlarimizni to‘plab, ularni o‘zing bilan Tojikistonga olib o‘tasan. Biz sizlarni o‘sha erda kutamiz. Hamma borishi shart. Biror kishining qolishi mumkin emas! Qo‘lga tushgudek bo‘lishsa, bizning ayblarimiz ochiladi. – Hotirjam bo‘ling, sizning tuzingizni kim ichgan bo‘lsa, izingizdan borishga majbur. Bormaganlar bilan hisob-kitobni o‘zim qilaman! – Senga ishondim! Shunda Ergashning oldida turgan yoshgina yigit: – Men borolmayman, onam betob, – deb to‘daboshining taklifini rad etdi. Hammaning ko‘zi Ergashga qadaldi. U hukmini o‘qishi lozim edi. Ruxsat bersa, qolganlar ham nimanidir bahona qilib shu erda qolishlari tayin edi. – Men hammaning borishi shart dedim! – ovozini balandlatib o‘shqirdi to‘daboshi. Uning jahli chiqqani aft-angoridan bilinib turardi. – Onamni tashlab ketolmayman... – Biz ham seni tashlab ketolmaymiz! Ergash qanday qilib yigitning ko‘ksiga xanjar urganini atrofdagilar sezmadi. – Ketdik! Hammalari jo‘nashdi. Ko‘kragidan qon otilib chiqayotgan yigit devorga suyangancha, ularning ortidan qarab Ergashga qarata bir so‘z aytdi.