Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Amerika fojiasi 1-qism

Amerika fojiasi 1-qism
Ko‘rganlar, jami:

28522

Janr/bo‘lim:

Romanlar, hikoyalar

Muallif:

Tarjimon:

Erkin Nosirov

Nashr yili:

2016

Tili:

O'zbek (kir)

Betlar:

624

Nashriyot:

Yangi Asr Avlodi

ISBN raqami:

978-9943-27-714-4

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko'rinishi va rangi haqidagi ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo'lgan eng so'nggi ma'lumotlarga asoslanadi.
Parchani o'qing
Elektron kitob
E'tibor bering "Sotib olingan kitoblar qanday o'qiladi?" bo'limi bilan tanishib chiqing!

17200 so'm

Sotib olish

Reyting

  • Annotatsiya
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar

Teodor Drayzerning e’tiboringizga havola etilayotgan ikki qismdan iborat yirik «Amerika fojiasi» romani hamisha butun dunyoni o‘z g‘oyalari atrofida birlashtirishga uringan gigant davlat – Amerikada o‘sha vaqtlarda yuz bergan voqelikni keng qamrab olganligi, voqealarning izchilligi bilan hamisha kitobxonlar e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan. Asarning bosh qahramoni Klayd Grifits kambag‘al oilada tug‘ilib-o‘sgan yigit. Uning boylik orttirish yo‘lida qil-gan nojo‘ya xatti-harakatlari, bu yo‘lda hech qanday qing‘ir ishlardan qaytmasligi va uni shunday ishlarni qilishga qo‘yib bergan tabiati – yuzsizligi, shafqatsizligi kabilar bir qahramon timsoli orqali o‘sha davr Amerika muhiti haqida o‘quvchida yaxlit tasavvur paydo qiladi.

I BOB
Yoz oqshomi, g‘ira-shira payt. Aholisi to‘rt yuz ming kishidan kam bo‘lmagan Amerika shahrining savdo markazi, baland imoratlar, devorlar... Shunaqa shaharlar bo‘lganiga odamlar bir kunmas bir kun ajablansalar ham kerak. Endilikda tinchib qolgan katta ko‘chada olti kishilik guruh kelardi. Yoshi elliklarga borgan pakanagina, baqaloq, qalin sochlari dumaloq qora namat shlyapasining tagidan chiqib turgan, juda ko‘rimsiz erkak kishi; elkasidan oshirib taqilgan kamarida odatda daydi va’zxonlar va ashulachilar olib yuradigan mo‘’jazgina organcha. Erkakning yonida undan besh yoshlar kichik ayol ko‘rinar, u unchalik semiz bo‘lmasa ham miqtidan kelgan, juda odmi kiyingan, ko‘rinishi xunuk, biroq badbashara emasdi. U etti yoshlardagi o‘g‘il bolani etaklab, Injil bilan oyatnoma kitobchalarni ko‘tarib olgandi. Bulardan sal keyinroqda o‘n beshga kirgan qiz, o‘n ikkiga borgan o‘g‘il bola va to‘qqiz yashar yana bir qizcha kelardi. Ularning hammalari kattalarga itoatkorona, biroq chamasi, o‘lganlarining kunidan ergashishgandi. Kun issiq bo‘lsa ham uning bo‘shashtirishi odamga xush kelardi. Haligi kishilar guruhi borayotgan katta ko‘chani daraga o‘xshagan boshqa bir ko‘cha shart kesib o‘tgandi. O‘sha ko‘chadan odamlar to‘dasi, umumiy ha rakatning jo‘shqin oqimidan qo‘ng‘iroqlarini tinimsiz chalganlaricha o‘zlariga yo‘l ochishayotgan mashina va tramvaylar o‘tib turishardi. Kichkinagina guruh esa bularning bariga beparvo ko‘rinsa ham ro‘paradan bostirib kelayotgan mashinalar va piyodalar oqimi orasidan o‘tib ketishga urinardi, xolos... Ular muyilishga, to‘g‘rirog‘i, baland, ammo hozirda hayot asari ko‘rinmaydigan imoratlar orasidagi torgina yo‘lka kesib o‘tgan joyga etishganidan keyin erkak elkasidan organchani olib, erga qo‘ydi, ayol esa uni darhol ochib, pyupitrni ko‘tardi-da, katta bo‘lsa ham yupqaroq oyatlar kitobini ochdi. Keyin Injilni erkakka tutqizib, yonida turdi, kattaroq o‘g‘il bola bo‘lsa organcha oldiga yig‘ma stul qo‘ydi. Oila boshlig‘i bo‘lgan erkak kishi yon-veriga yasama ishonch bilan ko‘z yugurtirdi-da, tinglovchilari bor-yo‘qligidan sira g‘am emaganday e’lon qildi: – Avvaliga hamd-u sanoni aytamiz, xudoni alqashni istagan har bir odam bizga jo‘r bo‘la oladi. Ester, qani bizga chalib ber-chi! Qizlarning tikrog‘i, garchi hali to‘la balog‘atga etmagan bo‘lsa ham qomati kelishgani, shu choqqacha o‘zini iloji boricha bularga befarq va begona ko‘rsatishga harakat qilardi. Endi esa u yig‘ma stulda o‘tirib, organcha qulog‘ini burab, oyatlar kitobini varaqlashga tushgandi. Onasi shunda nihoyat: – «Iso ishqining malhami naqadar totli», degan yigirma ettinchi oyatdan boshlasak, – deb qoldi.

Kommentariy qushish
Fikr va mulohaza bildirilmadi. Birinchi bo'ling!