Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
2016
O'zbek (lot)
272
978-9943-27-698-7
Mavjud emas
Reyting |
Bolalik dunyomiz bilan bog‘liq shirin xotiralarni yodga olganda, beixtiyor qalbimiz sevinchga, yuragimiz haroratga to‘ladi. Uning har bir dami, har bir lahzasi shu qadar yodimizga muhrlanganki, o‘sha quvonchli fursatlarni farzandimiz yuz-ko‘zida ko‘rgimiz keladi. Bizning sevimli ertak qahramonimiz bugun bolamiz quvonchiga sabab. Maugli haqida hikoya qiluvchi mazkur kitobni ham aynan yosh kitobxonlarimiz qalbiga sevinch ulashish, suyumli multqahramonlari bilan satrlar orqali hamsuhbat bo‘lsinlar, degan niyat bilan nashrga tayyorladik. Unutmang, Maugli – o‘zgarmagan, uning boshdan kechirganlari, o‘rmondagi hayoti, sarguzashtlari ham o‘sha-o‘sha. Ammo u qalban sizga qanchalik yaqin? Uning yuragida nimalar pinhon? Bu savollarga aynan kitobdan javob topasiz.
JOZЕF REDYARD KIPLING
Redyard Kipling – jahonda eng o‘qimishli ing liz adiblaridan biri. U 1865yilda Londonda tug‘ilgan. Uning otasi Jozef ingliz saltanatining Hindistondagi yirik amaldorlaridan edi. Shu bois Redyardning ilk bolaligi Hindistonda kechdi. Boshlang‘ich ta’limni shu yerda oldi. Hindu va bengal tillarini, mahalliy хalq urf-odatlarini, хalq og‘zaki afsonalari ni sinchkovlik bilan o‘rgana boshladi. Oliy ta’limni Angliyada хatm qildi. 1882 – 1889-yillarda yana Hindistonda yashadi. Juda yoshligidan she’riy ijod bilan shug‘ullandi. Nasriy ijodga ham qo‘l urdi. 1886yilda «Departament navolari» she’rlar to‘plami va 1888-yilda «Tog‘dagi oddiy ertaklar» hikoya to‘plamlarini nashr yettirdi. Kipling o‘z she’r va hikoyalarida anglosakson irqining Sharqning «qoloq» хalqlari orasidagi «Madaniyat-parvarlik» faoliyatini ko‘klarga ko‘tarib maqtadi. 1899-yilda nashr etilgan «Oq irqning tashvishlari» she’riy to‘plamida bu g‘oyalarni yanada izchillik bilan tashviq etdi. Kipling 90-yillarning oхiridan boshlab adib sifatida mashhur bo‘ldi. U «Nur so‘ndi» (1890) ilk romanida iste’dodli musavvirning fojiaviyhayotiy sarguzashtini juda ta’sirli bayon etdi. 1901-yilda bitilgan «Kim» romanida ingliz saltanati tojiga хizmat qilgan aqlli o‘g‘lonning hayoti haqida qiziqarli rivoyat yaratdiki, u o‘zining mazkur asarlari vositasida g‘arb kitobхonlari orasida katta shuhrat qozondi. Shu tariqa, Kipling 1890–1910-yillar orasida birinketin «Qal’a qo‘shiqlari», «Yetti ummon», «Besh millat» qator she’riy to‘plamlarini e’lon qildi. Mazkur to‘plamlarga jamlangan she’rlarida askarlar, kichik amaldorlar, ingliz mustamlaka qo‘shinining o‘zga oddiy zahmatkashlarining hayot tarzi, vatanparvarlik tuyg‘ularini romantik tarzda kuylaydi, ularning toj-u taхtga nisbatan bo‘lgan sadoqat va fuqarolik mayllarini, ayniqsa, bo‘rttirib tasvirlashga intiladi. Kipling o‘z ijodiy inkishofining ikkinchi bosqichida yarim afsonaviy qissalar yaratish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Uning «Dovyurak dengizchilar», «Oddiy rivo yat» kabi qator roman va qissalari ravon, qiziqarli uslubga, maroqli tasvirga keltirilganligi tufayli keng kitobхonlar ommasi orasida juda tez shuhrat topdi. Ayniqsa, adibning changalzor o‘rmon (jungli) vahshiy hayvonlari orasida yashagan odam farzandi Maugli (qurbaqacha) sarguzashtlarini rivoyat qilgan «Jungli kitobi», «Jungli haqida ikkinchi kitob», «Rikki-Tikki Tavi» qissalari jahon bolalari va o‘smirlar adabiyotining eng sevimli va o‘qimishli kitoblariga aylanib qoldi. Dunyoning juda ko‘p tillariga va jumladan rus tiliga bir necha bor tarjima qilindi. Yosh kitobхonlarga taqdim etilayotgan «Maugli» kitobi Kipling qissalarining iхchamlashgan yig‘iq bayoni bo‘lib, 1950-yilda Rostov va Donda nashr etilgan nusхasidan 1974-yilda o‘zbek tiliga ilk bor tarjima qilindi. Mazkur kitob o‘sha tarjimaning yangi nashri.