Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Orzular kamalagi

Orzular kamalagi
Ko‘rganlar, jami:

6954

Nashr yili:

2016

Tili:

O'zbek (lot)

Betlar:

32

Nashriyot:

Yangi kitob

ISBN raqami:

978-9943-4555-2-8

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko'rinishi va rangi haqidagi ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo'lgan eng so'nggi ma'lumotlarga asoslanadi.
Parchani o'qing
Elektron kitob:

Mavjud emas
Ma'lumot uchun: (90) 959-25-26 (0900 - 1900)

Reyting

  • Annotatsiya
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar

Yosh ijodkor Nazirjon Toshtemirovning misralarida samimiyat bor. Uning yozganlarini o‘qib, shunga amin bo‘lasiz. Zero, samimiyat, shavq-zavq ijodkorga ilhom baxsh etadi. Yuksak orzular esa nurli manzillar sari yetaklaydi. Buning hosilasi o‘zining rango-rang kamalagiga ega bo‘lish, ajib dunyoni kashf etishdir. Umidli qalamkash Nazirjon Toshtemirov ijodidan bahra oling, azizlar.

  • VATAN
  • Vatan boshlanadi ostonalardan,
  • Vatan yuraklardan boshlanar asli.
  • Ozod-obod yurtim, go‘zal bir chaman,
  • Yilining to‘rt fasli – yuksalish fasli.
  • Tavof etib, ko‘zga surtsang arziydi
  • Yantoqni gullatgan qumloqlarini.
  • Hattoki behishtda topib bo‘lmaydi
  • Tog‘, adir, dala-yu o‘tloqlarini.
  • Men nechun tuprog‘in quchib suymayin,
  • Taftida shodlanib urar yuragim.
  • Iftixor yuksalar qalbda tinmayin:
  • Shu muqaddas yurtga bordir keragim.
  • Vatan sarhadida bitta g‘unchaman,
  • Yuragim g‘ururdan ketadi jo‘shib.
  • Bir lahzam so‘rasa Vatanim mendan,
  • Jonimni beraman men unga qo‘shib...
  • VATAN DESAM...
  • Vatan desam jism-u jonda yoniq tuyg‘u,
  • Qanot boylab, samolarga ketgum uchib.
  • O‘zbekiston, bu dunyoda bittasan-ku,
  • Men yashayman har giyohing mahkam quchib.
  • Bobolarim hikmatlarin so‘zlab turar,
  • Tarixlardan meros yuksak minorlaring.
  • Menga o‘tmish-kelajakdan saboq berar
  • Samolarga ustun bo‘lgan chinorlaring.
  • Bahoringni kelinchak deb suyadirman,
  • Yozing kelsa mevalaring elga tortiq.
  • Kuz kelganda ajib hislar tuyadirman,
  • Kumush qishing sevadirman chandon ortiq.
  • Vatan, senda tug‘ilmoqlik o‘zi iqbol,
  • Saodatdir shu Vatanda yashamoqlik.
  • Faqat goho o‘z-o‘zimga bergum savol:
  • Bizlar farzand bo‘loldikmi senga loyiq?..
Kommentariy qushish
Fikr va mulohaza bildirilmadi. Birinchi bo'ling!