Ushbu kitob yosh shoiraning turkum she’rlaridan saralab olindi. Shahnoza Vatan mehrini, ona taftini o‘ziga xos ohangda kuylaydi. Misralarda ifodalangan nozik tuyg‘ular qalb sadosidan darak beradi. Vatan ozodligi va obodligini tuygan ko‘ngil baxtdan sarxush bo‘lishi ayon. Zotan, inson hamisha, har doim ona yurt mehridan quvvat oladi. Kimnidir sog‘intirib, kimnidir sog‘inib yashaydi. Go‘zal tuyg‘ular, inja ohanglar bilan uchrashuv sizu bizga muborak bo‘lsin.