Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Safar Olloyor *

Safar Olloyor

 

Safar OLLOYOR 1969 yil 25 aprelda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog'ida tug'ilgan. Shu tumandagi 7-umumta'lim maktabida tahsil olgan. 1996 yilda O'zMUning jurnalistika fakultetini bitirgan. Dastlab Dehqonobod tuman gazetasida adabiy xodim, so'ngra O'zbekiston Respublikasi Radiosida muharrir, katta muharrir va O'zbekiston Respublikasi Televideniesida muharrir, katta muharrir, bo'lim boshlig'i; keyinchalik “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” va “Adolat” gazetasi tahririyatlarida hamda “Tafakkur” jurnali tahririyatida bo'lim mudiri bo'lib ishlagan. Ayni paytda “O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining axborotnomasi – Biulleten Verxovnogo suda Respubliki Uzbekistan” huquqiy, ilmiy-amaliy jurnali va “Kuch – adolatda” huquqiy gazetasi birlashgan tahririyatida xizmat qilmoqda.
1996 yildan O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining a'zosi.
“Yilning eng yaxshi jurnalisti” tanlovi sovrindori (1997).
1998 yil 22 iyundan O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a'zosi.
“Istiqlol tongi” tanlovining yoshlar nominatsiyasi bo'yicha g'olibi (2001).
Safar OLLOYOR 8 ta (“Saxovat savobi”, “Muhojirlik – muhtojlik”, “Nomsiz Armon”, “Serreja Rejissyor”, “Tilsiz Tilsim”, “Ermak ertak”, “Odam” va “Hayqiriq”) mustaqil dostondan tarkib topgan “Odam va Omad” asari bilan adabiyotda ilk janr bo'lgan ZARBULDOSTONga va badiiy adabiyotda yana bitta ilk janr – QO'SHSATR asoschisi deb e'tirof e'tildi.
Safar OLLOYOR tarjimon sifatida Iogann Volfgang Gyote, Franchesko Petrarka, Jon Kits singari jahon adabiyoti yuksak namoyondalarining, shuningdek, Senegal she'riyatidan Semben Usmon, David Diop, Lamin Diakate, Malik Fal hamda Nepal she'riyatidan Lekxnatx Paudyalay, Bxuni Sherchan, Lakshmiprasad Devkota, Bxavani Bxikchu, Madxav prasad Gximire she'rlarini ona tilimizga o'girgan.
Safar OLLOYORning she'rlari rus, ingliz, hind va boshqa chet tillarga tarjima qilingan.