Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Alisher Mahmudov *

Alisher Mahmudov

 

Mahmudov Alisher Yo‘ldoshevich 1973 yil 24 martda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan.
1980-1990 yillarda Koson tuman 5-sonli (hozirgi 75-sonli) umumiy o‘rta ta’lim maktabida, 1992-1997 yillarda Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Nemis tili ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan. 1997 yil universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlab, Qarshi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasida o‘qituvchi-assisent lavozimida ish faoliyatini boshlagan. 2013-2014 o‘quv yilida Xorijiy tillar fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2015 yil 10 fevraldan buyon Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Dissertasiya mavzusi bo‘yicha jami 26 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan 1 ta monografiya va 1 ta o‘quv qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasining doktorlik dissertasiyalari asosiy ilmiy natijalari chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, jumladan, 4 ta respublika va 2 ta xorijiy jurnalda chop etilgan.
A.Y.Mahmudov Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD Ilmiy kengashida “G.E.Lessing ijodida Sharq va G‘arb voqeligining tavsifi (qiyos va tarjima)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertasiyasini yoqlagan.