Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Alisher Mirzo *

Alisher Mirzo

 

O'zbekiston xalq rassomi (1992), O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti sovrindori (1994), O'zbekiston Badiiy Akademiyasining akademigi (1997), professor (1997), "El-yurt hurmati" ordeni sohibi (1999), Rossiya Badiiy Akademiyasining faxriy akademigi (2012).

1948 yil 21 martda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1968 yilda P.P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini, 1974 yilda V.I. Surikov nomidagi Moskva Davlat badiiy institutini tamomlagan.

Alisher Mirzoning shaxsiy ko'rgazmalari 1977 yildan to hozirgi kunga qadar dunyoning eng rivojlangan davlatlari - Germaniya, Frantsiya, AQSh, Rossiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Hindiston, Suriya, Koreya, Norvegiya, Litva, O'zbekistonda bo'lib o'tgan hamda tasviriy san'at ixlosmandlarining yuksak e'tirofiga sazovor bo'lgan.

Rassomning ko'plab asarlari dunyoning mashhur muzey hamda galereyalarida saqlanib kelmoqda.

2014 yil Alisher Mirzoning ilk romani - "Kallaxonalik yigitcha" kitobxonlarga taqdim etilgan.