Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Botir Kamol *

 Botir Kamol

 

"Inson iqtidorining chegarasi yo‘q. Isteʼdodli ijodkor Botir Kamol ijodiyot mahsulotlarini o‘qiganimda, har gal shu fikr xayol chegaralarini egallab turadi." (Baxshulla Rajab, Akademik, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi)


Botir KAMOL (Xayrullayev) — 1954 yil 9 aprelda Buxoro shahrida ziyoli oilasida tavallud topgan. Buxoro Davlat pedagogika instituti (hozirgi BuxDU) geografiya-biologiya fakultetida tahsil olgan. U ko‘p yillar davomida unversitet hamda o‘rta maxsus bilim yurtlarda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan.
Uning “Tabobat va qayta yosharish sirlari”, “Zulmatni tark etib yoxud tabobatning mo‘’jizaviy saltanati” kabi ilmiy-ommabop va badiiy asarlari, “Ko‘zlarim yo‘lingda” - muallifning nazm ixlosmandlariga tuxfa etgan she’riy guldastasi, “Ota mehri” romanining chop etilib, O‘zbekiston xalq yozuvchilari hamda akademiklar tomonidan “Ota mehri qalb amrining buyuk azmidan bir nishonadir” deya yozgan so‘zboshlari asarga berilgan buyuk bahoning o‘zginasidir.
“Alisher Navoiy” nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan kitob taqdimotida, ulug‘ adiblar tomonidan asarga berilgan baho va samimiy tilaklari videorolik tasmalarda muhrlangan. “YouTube”, “Fasebook”, “Telegram”, shuningdek ko‘plab internet saytlarida “Ota mehri” romani O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan dunyo jamoatchiligiga taqdim etilgan. Respublika, viloyat va tuman matbuotida muntazam qatnashib turadi.
Muallifning asarlari “Darakchi”, “SAODAT”, “Tashxis”, “ShIFO-info”, “Etti mo‘’jiza” jurnallarida, shuningdek “Buxoroi Sharif” viloyat hamda “Galaosiyo ovozi”, tuman gazetalarida chop etilgan.
Asarlari taniqli ijodiy guruhlar tomonidan sahnalashtirilib, san’atsevar xalqimiz ma’naviy mulkiga aylangan.