Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Hanifa Solihova *

Hanifa Solihova

 

Xanifa Solixova 1939 yilda Sharqiy gulistonning Gulja shahrida tug‘ilgan. 1967 yilda Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan.
Xanifa Solihovaning 1960 yil o‘rtalarida Respublikamiz va Olmaota gazeta va jurnallarida, radio va televidenielarida uning o‘zbek va uyg‘ur tillarida yozgan she’rlari chop etilib jamoatchilik diqqatini tortdi.
1971 yili “Sevgi sirlari”, 1975 yili “Diyorga ta’zim”, 1977 yili “Murodim”, 1979 yili “Quyoshni sevaman”, 1989 yili “Yulduzlar kulganda” kabi kitoblari uyg‘ur va o‘zbek tillarida nashr etildi. 1978 yili “Molodaya gvardiya” nashriyotida “Gul uygurskogo bubna”, 1979 yili “Vetvi chinara” nomli to‘plamlarda she’rlari rus tilida nashr etilgan. Turkiyada nashr etilgan “Uyg‘ur adabiyotining antologiyasi”dan ham she’rlari o‘rin olgan. H.Solihovaning 1999 yildagi “Quyosh malikasi”, 2000 yilda esa G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida “Kamalak visoli” she’rlar to‘plamlari nashr etildi. 1977 yili “XX asr o‘zbek adabiyotida demokratik adabiyot an’analari” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini, 1995 yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Navoiy nomidagi adabiyot ilmiy tadqiqot institutida “Uyg‘ur dostonchiligi va nasr taraqqiyotida Alisher Navoiy “Xamsa”sining o‘rni” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. Uning 1986 yili “Ozodlik romantikasi va realistik tasvir”, 1987 yili “Hurriyat kuychisi” monografiyalari nashr etilgan.
Pedagogika fanlari nomzodi, professor. 2000 yilda "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan.