Hikmat Sobirov *
Iqtisod fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi HIKMAT SOBIROV 1923 yilning 29 aprelida Toshkent shahrida ziyolidar oilasida tavallud topgan. 1949 yil “Turkiston avtonom respublikasi davlat byudjeti” mavzusidagi ilmiy ishi uchun iqtisod fanlari nomzodi, 1968 yil “O‘zbekiston Respublikasi umumdavlat moliyasi tarixidan” mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. 1970 yil unga professor unvoni berilgan.Iqtisodchi-kadrlar tayyorlashdagi xizmatlari uchun olimga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” yuksak unvoni ,”Xalqlar do‘stligi” ordeni, 1998 yil Toshkent moliya instituti “Faxriy professori” unvoni berilgan, 2000 yilda esa olim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mukofotiga sazovor bo‘lgan.
HIKMAT SOBIROV ilmiy, pedagogik va jamoat ishlarida 50 yildan ortiq oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritish, talabalar va aspiranlarga ilm berish, 5 nafar fan nomzodi, 2 nafar fan doktori etishtirish, 400 ga yaqin ilmiy asarlar, risolalar, maqolalar, darsliklar va monografiyalar chop ettirish bilan birga, buyuk mutafakkirlarning iqtisod va moliya sohasidagi fikrlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Bu ilmiy izlanishlar orasida o‘zbek va rus tillarida chop etilgan “O‘zbekiston davlat moliyasi tarixi” darsligi, Moskvada chop etilgan “Vsemirnaya istoriya ekonomicheskoy misli» kitobning birinchi jildida (1986 y) “O‘rta Osiyo olimlarining iqtisodiy qarashlari”asari, Fransiyaning YuNESKO tashkiloti tomonidan o‘zbek ,rus,ingliz va fransuz tillarida chop etilgan “Amir Temur jaxon tarixida “(1996 yil, Parij) to‘plamida o‘z aksini topgan “Amir Temur davlatining iqtisodiy rivojlanishi va savdo aloqalari “ , ”Sug‘urta -100 savolga javob” nomli ilmiy va ilmiy- ommabop asarlari va olimning farzandlari tomonidan Hikmat Sobirov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab chop etilgan “Ibratli umr yo‘llari “ kitobi kitobxonlar diqqatga sazovordir.
Поделиться с друзьями в соцсетях