Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Hikmatulla Nigmatov *

Hikmatulla Nigmatov

 

Hikmatulla Nigmatov 1946 yili 8 sentyabr kuni Toshkent shahrida xizmatchilar oilasida tug‘ildi. H.Nigmatovning otasi Nigmatjon Shukurov Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, oliy maʼlumotli edi. 2003 yilda vafot etgan. Onasi Shukurova (Norxo‘jayeva) Marxamatxon 1925 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, oliy maʼlumotli. Turmush o‘rtog‘i Nigmatova (Sharipova) Muattar Akbarovna 1947 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, oliy maʼlumotli, nafaqada.1953 yili H.Nigmatov Toshkentdagi Temir yo‘li qaramog‘idagi 40-o‘rta maktabning birinchi sinfiga bordi va ushbu 11 yillik maktabni 1964 yili “Oltin medal” bilan yakunladi va shu yilining o‘zida Toshkent elektrotexnika aloqa institutining “Radioaloqa, radiouzatish va televideniye” fakultetiga muvaffaqiyatli imtihonlarni topshirib o‘qishga kirdi.

1969 yili institutni muvaffaqiyatli tugatib O‘zbekiston aloqa vazirligi qoshidagi kabel va radiorele magistrallar boshqarmasiga laboratoriya muhandisi lavozimiga ishga joylashadi. O‘zining ish faoliyatini ushbu boshqarmadan boshlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridagi tuman va shahar aholilarini televideniye bilan taʼminlash majburiy bo‘lganligi sababli 20 dan ortiq radiorele va televideniye stansiyalarda uzatgich qurilmalarini o‘rnatib va sozlab berish topshirig‘i asosida ishlar bajargan. Jumladan, Samarqand viloyatiga qarashli Qoy-tosh, Pereval, Cholpon ota va Samarqand shahrining o‘zida joylashgan radio rele va televizion stansiyalarida, Angren, Guliston shahridagi, Qashqadaryo viloyatining Adamtosh va Qarshi shahrining ichida joylashgan stansiyada, Surxondaryo viloyatidagi Jarqo‘rg‘on, Vaxshivari, Termiz va Denau stansiyalarida, Qoraqolpoq Avtonom Respublikasidagi Turtkul va Nukus shaxridagi, Navoi, Buxoro va Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarda joylashgan radiorele va televideniye stansiyalaridagi qurilmalarni o‘rnatish, ularni sozlab ishga tushirish ishlari bilan shug‘ullangan.

Aloqa soxasini yetuk mutaxassisi sifatida juda ko‘p foydali ishlarni bajargani uchun ko‘p tashakkurnomalar va pul mukofotlari bilan taqdirlangan. Yaxshi mutaxassis bo‘lgani uchun boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i bilan uni Toshkent shaxridagi telemarkazga UKV RPS sexining boshlig‘i etib tayinlangan.

Har bir borgan joyda H.Nigmatov yangilik kiritishga xarakat qilgan. O‘rta Osiyodagi 5 ta davlatlar ichida birinchi bo‘lib rangli televideniyeni ishga tushirish kerakligini isbotlab bergan. Shuning uchun shaxsan aloqa vazirining topshirig‘iga binoan Novgorod shaxrida joylashgan Kantemir zavodiga borib, O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan Toshkent shaxrida rangli televideniyeni ishga tushirish maqsadida, rangli signallarni ishlab chiqaradigan generatorni olib kelish topshiriladi. Yagona nusʼha bo‘lgan ushbu generator olib kelinadi va shahsan H.Nigmatov ishtirokida 1970 yilning 18 dekabr kuni Toshkent televideniyasi orqali tajriba sifatida efirga uzatiladi, yaʼni O‘rta Osiyoda birinchi rangli signallar efirga uzatilgan.

Yangiliklar yaratish va ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish niyatida H.Nigmatov 1971 yili aspiranturaga kiradi va telefon aloqa kanallari orqali raqamli signallarni optimal taqsimlash masalalari bilan shug‘ullana boshlaydi. Ushbu ilmiy yo‘nalish natijasida Ismoil Muxamedjonov bilan birgalikda 2000 dan ortiq yarim o‘tkazgichli tranzistorlardan iborat har hil tezlikda va modulyatsiyada ishlayoladigan qurilma yaratadilar. Bu qurilma (pribor) yangilik hisoblanib, avtorlik patentiga sazovar bo‘ladi. 1974 yilning noyabr oyida 05.13.01 − “Texnicheskaya kibernetika i teoriya informatsii” mutaxassisligi bo‘yicha kandidatlik dissertatsiyasini mahsus kengashda muvafaqqiyatli yoqlaydi. Mavzu juda ham dolzarb bo‘lganligi va dissertatsiya ishida ilmiy yangiliklar bo‘lganligi uchun Moskvadan juda qisqa vaqt ichida tasdiqlanadi.

Ilmiy izlanish ishlarini yaxshi bajarayotgani uchun uni 1975 yili O‘zbekiston fanlar akademiyasining Kibernetika institutidagi “Informatsion hisoblash tarmoqlari” laboratoriyasiga “Katta ilmiy xodim” lavozimiga tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasidagi barcha viloyatlardan o‘tayotgan telefon va telegraf aloqa kanallari orqali hisoblash texnikasi uchun raqamli aloqa tarmog‘ini yaratishga muvofaq bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi aloqa vazirligining taklifiga binoan, 1977 yili Respublika informatsion xisoblash markaziga ishga qabul qilinadi va direktorning ilmiy ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlanadi. Uning shahsiy raxbarligida aloqa soxasida 7 (yettita) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. O‘zbekiston aloqa vaziri T.M. To‘xtayevning topshirig‘iga binoan Ukrainaning Kiyev va Belorussiyaning Minsk shaxriga bir komplekt “Robot” yaʼni Analogli signallarni raqamli signallarga va raqamli signallarni analogli signallarga o‘tkazib beruvchi, yaʼni telefon tarmoqlari orqali mijozlarga (telefon abonentlariga) avtlmatik javob berish uchun ishlatiladigan qurilmani olish uchun asoslab berib bir komplektini olib kelish uchun yuboriladi. Ushbu topshiriq muvaffaqiyatli bajariladi va sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib Toshkent shahrida real vaqtda ishlaydigan avtomatlashtirilgan telefon tarmoqlarini taʼmirlash, abonentlarga robot orqali javob berish, taʼmirlash montyorlariga avtomatik ravishda tuzatish uchun naryadlar berib, ularni bajarilishini nazorat etish tizimi H.Nigmatov rahbarligida ishlab chiqiladi. Toshkent shaxridagi barcha telefon stansiyalari, ularning mijozlari (abonentlar, tashkilotlar, muassasalar, firmalar), ularning ism va familiyalari, uy adreslari, telefon tarmog‘ini tashkil etgan aloqa kabellarining turi, uzunligi, bog‘lanish usullarining strukturasi va boshqa maʼlumotlarning bazasi (ombori) yaratiladi va 1979 yilning 24 may kuni Moskva va Leningraddan kelgan Davlat kommisiyasiga topshiriladi. Ushbu avtomatlashtirilgan taʼmirlash byurosining (ATB) dasturiy vositasini ishlab chiqarilganligi uchun avtorlik guvohnomasi olingan.

Sobiq Ittifoqning mahsus topshirig‘ini bajarish uchun, yaʼni Markaz bilan xarakatlanayotgan obyektlar orasida maʼlumotlar uzatish uchun global aloqa tarmog‘ini yaratish uchun Leningradning “Krasnaya Zarya” IICHB maxsus bo‘limi bilan va O‘zbekiston Fanlar akademiyasining “Kibernetika” IICHB hamkorligida Mahsus sohaviy katta bo‘lim tashkil etiladi va uning rahbari etib H.Nigmatov tayinlanadi. Ushbu bo‘lim Leningradda 1979 yildan 1991 yil Mustaqillik kunigacha bo‘lgan davrda juda katta ishlar bajariladi. Jumladan, xarakatlanayotgan obyektlar, yaʼni uchib borayotgan obyektlar, samoletlar, avtotransport vositalari, suvlarda xarakatlanayotgan kemalari bilan real vaqtda ishlaydigan yuqori havfsizligini va mustaxkamligini taʼminlaydigan tizimlarning modellari, algoritmlari H.Nigmatov tomonidan yangi usullar ishlab chiqildi va amalda qo‘llanish uchun topshirildi. Shu yo‘nalishda bajarilgan ishlanmalar asosida 80 taga yaqin ilmiy maqolalar “Ochiq chop etilishi mumkin emas” va “Hizmat yuzasidan qo‘llash” grifi asosida chop etilgan.

1986 yilda Leningrad, Moskva, Kiyev va Novosibirsk shaxarlaridagi Ilmiy va Oliy o‘quv yurtlarida oprobatsiyadan o‘tib, ikki mutaxassislik yaʼni 05.12.14 - “Tarmoqlar, aloqa uzellari va maʼlumotlarni taqsimlash” va 05.13.01 - “Texnikaviy tizimlarda boshqarish” bo‘yicha o‘zining doktorlik dissertatsiyasini tayyorladi. Ushbu “Har hil turdagi va o‘zgaruvchan strukturali aloqa kanallari asosida tashkil topgan tarmoqlarni optimal boshqarishni modellari va algoritmlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ham “Hizmat yuzasidan qo‘llash” grifi asosida Maxsus ilmiy kengashga topshirildi. Uning himoyasida 36 ta mahsus ilmiy kengash aʼzolaridan 11 tasi sobiq Ittifoqda aloqa sohasida eng kuchli hisoblangan olimlar jumladan, Moskva shahridan akademik Xarkevich Anatoliy Demyanovich, Roginskiy Vadim Nikolayevich, Leninigraddan Zaxarov Grigoriy Pavlovich, Varshavskiy Viktor Ilich, Fink Lev Matveyevich, Shibanov Vitaliy Sergeyevich, Danilevskiy Yuriy Glebovich, Shatunov Vladimir Mixaylovich, Kiyevdan Zaychenko Yuriy Petroaich va boshqalar Moskva, Leningrad, Kiyev, Novosibirsk, Odessa va Toshkent shaxridagi olimlar ishtirok etganligi sababli Moskva shaxridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tamonidan juda qisqa vaqt ichida tasdiqlandi.

1991 yilning fevral oyida H.Nigmatov Sobiq Ittifoqning Butunittifoq metrologiya, standartlash va sifatni boshqarish Davlat standartinig Sharqiy filialining institutiga “Radiotexnika va fizikaviy o‘lchov vositalari” kafedrasining mudiri va vaqtincha direktor vazifasini bajarish lavozimiga o‘tkaziladi.

Shu yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasining rahbariyati tomonidan ishga taklif etiladi va O‘zyekiston Respublikasi Prezidenti apparatining Ishlar boshqarmasiga qarashli “Informatika” sektori mudirligiga qabul qilinadi. Uning shahsiy rahbarligi va ishtirokida maxalliy kompyuter tarmog‘i, hamda O‘z.R Oliy Kengash deputatlari uchun “Rada Majlis” ovoz berish avtomatlashtirilgan tizimi yaratilib ishga tushiriladi. Keyinchalik u Vazirlar Maxkamasining “Fan, taʼlim va ijtimoiy rivojlanish” kompleksidagi bo‘limida sektor mudiri lavozimiga o‘tkaziladi. O‘zbekistonda Oliy attestatsiya komissiyasini tashkil etish paytida ekspert kengashlarining strukturasini tuzishda faol ishtirok etadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida fan va texnika Davlat qo‘mitasini tashkil etishda qatnashadi. Uning asoslangan taklifiga binoan, ushbu Davlat qo‘mita strukturasida “Axborotlashtirish” Bosh boshqarmasi tashkil etiladi. O‘zini har tamonlama bilim egasi va tashkilotchi ekanligini ko‘rsatgan H.Nigmatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatiga maslahatchi etib tayinlanadi. U fan, taʼlim va ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, O‘zbekiston fanlar akademiyasini, Oliy va o‘rta maxsus kasb taʼlim vazirligi, halq taʼlim vazirligi, tibbiyot vazirligi, Fan va texnika Davlat qo‘mitasi va Oliy attestatsiya komissiyasiga kurator edi. Uning taklifiga binoan “O‘zbek kosmos” milliy agentligi tashkil etildi, rahbarligida esa O‘zbekistonda tibbiyotni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga binoan H.Nigmatov O‘z.R. Fanlar Akademiyasining “Kibernetika” Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (IICHB) bosh direktori va Hisoblash markazli kibernetika instituti direktori lavozimiga tayinlanadi. Ushbu IICHB qaramog‘ida 3 ta akademik institutlar, yaʼni “Hisoblash markazli kibernetika instituti”, “Sistemali tadqiqotlar instituti”, “Algoritm” ilmiy tekshirish instituti, 2 ta mahsus loyixalash konstruktorlik byurolari (SPKB ASU va SPKB RASU) va tajriba sinov zavodi bor edi.

Uning bosh direktorlik davrida raqamli maʼlumotlarni qayta ishlash, har xil simli va simsiz aloqa liniyalaridan tuzilgan tizimlar va tarmoqlarni rivojlantirish yuzasidan Malayziya, Germaniya, AQSH va boshqa davlatlar bilan hamkorlikda ilmiy izlanish ishlari olib borildi.

H.Nigmatov yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha faol ishlar olib bordi. Besh yildan ortiq vaqt ichida 05.13.01 – “Texnik tizimlarida boshqarish”, 05.13.06 – “Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari”, “05.13.14 – “Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimlari”, “05.12.14 – “Tarmoqlar, aloqa uzellari va maʼlumotlarni taqsimlash” ixtisoslari bo‘yicha doktorlik va fan nomzodlari uchun himoya qilish Mahsus kengashining raisi sifatida rahbarlik qilib, 29 fan doktorlari va 74 fan nomzodlari larajasini olish bo‘yicha himoyalar qilindi va barchalari O‘zbekiston OAK tamonidan tasdiqlandi. Shulardan, 11 ta nomzodlik dissertatsiyalarini Iemen, Siriya, Vyetnam, Isroil va boshqa davlatlardan kelgan xorijiy fuqoralar edilar. U “Informatika va energetika mummolari” O‘zbekiston jurnali bosh muxarrir muovini edi.

H.Nigmatov “Hisoblash tajribalari, nazorat va og‘ir strukturali obyektlarni boshqarish, maʼlumotlarni qayta ishlash davrida yangi axborot texnologiyalarini yaratish, informatsion−hisoblash tarmoqlarini yangilash va rivojlantirish loyixalarini yaratish usullarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash” mavzusi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat ilmiy−texnikaviy dasturining ilmiy rahbar edi.

1998 yilning iyul oyida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining taklifiga binoan “Mahalliy Telekom” Aksiyadorlik kompaniyasining yangi texnologiyalarni qo‘llab amalga oshirish bo‘yicha bosh direktorning o‘rinbosari etib tayinlandi. Ushbu Aksiyadorlik kompaniya 2001 yilda “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Ushbu lavozimda ishlar ekan u aloqa sohasida yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, “O‘zbektelekom” AKning viloyat, tuman va shaxar filiallarida kompleks raqamli elektron tizimlarni amalda tadbiq etish bo‘yicha rahbar edi. H.Nigmatovning taklifiga binoan “Intal Telekom” korxonasi tashkil etildi va O‘zbekiston Respublikasidagi barcha viloyat va tuman markazlarini maʼlumotlarni uzatish uchun birlashtiruvchi transport tarmog‘i yaratildi. Bundan tashqari, uning rahbarligida “O‘zbektelekom” AK apparati uchun maxalliy kompyuter tarmog‘i yaratildi, abonentlarni telekommunikatsiya hizmatlarini bajarganligi uchun hisob−kitob qilish va tarifikatsiya dasturlari ishga tushirildi.

“Namangan Telekom” va “Qoraqolpoq Telekom” Aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuv kengashi raisi edi. Uning raislik davrida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish muammolarini hal etdi. Jumladan, O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiya Agentligining delegatsiya rahbari sifatida Xitoy davlatidagi juda katta kompaniya hisoblangan “Xuavey” kompaniyasi bilan xamkorlik Memorandumi tasdiqlandi va davlatimizda birinchi bo‘lib Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida simsiz radioaloqa tizimi yaratilib ishga tushirildi. Ushbu tizim yordamida raqamli telefon aloqa orqali xalqaro kompyuter tarmog‘i bo‘lmish “Internet”ga ulanish mumkin bo‘ldi.

H.Nigmatov texnika fanlari doktori, professor bo‘lganligi uchun ilmiy pedagogik faoliyatini ham davom ettirdi. U 10 yil davomida Toshkent avtomobil yo‘llari institutining “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasining mudiri, professori lavozimlarida 0.5 stavka o‘rindosh sifatida ishladi. Uning shahsiy ishtirokida kafedraning lokal tarmog‘i, yaʼni 4 ta kompyuter sinqlari, 7 ta maʼruza audatoriyalari, rektor xonasi va asosiy administrativ xonalaridagi kompyuterlar bir birlari bilan bog‘lanib, yagona maxalliy kompyuter tarmog‘i ishga tushirildi. Bundan tashqari, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish uchun H.Nigmatovning o‘g‘li Bahtiyor Nigmatov tamonidan yaratilgan va avtorlik patenti olingan kompyuter test dasturi ishga tushirildi. Barcha kompyuter xonalariga videokameralar o‘rnatilib, real vaqtda “O‘zbektelekom” AK dagi ish joyidan nazorat qilib boshqarib turdi. Ushbu video tizimi orqali institutning rektori xonasidagi ekranda ustozlarning o‘tayotgan maʼruzalari, laboratoriya ishlarini va amaliy o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarini ham ko‘rib turish mumkin edi.

H.Nigmatovning asosiy ilmiy pedagogik faoliyati asosan “Axborot kommunikatsion texnologiyalarining tizim va tarmoqlarini optimal nazariya va usullarini rivojlantirish”, “Keng tarqalgan telekommunikatsion tarmoqlarda maʼlumotlar paketlarini optimal boshqarish”, “Kompyuter tizimi va tarmoqlarida IP telefoniya”, “Axborot havfsizligi”, “Telekommunikatsiya tarmoqlarida axborotlarni himoyalash”, “Mobil aloqa va sunʼiy yo‘ldoshlar tizim va qurilmalari” va har hil axborot texnologiyalarini yaratishga qaratilgan.

H.Nigmatov O‘zbekiston Respublikasida birinchi bo‘lib 05.12.14 – “Tarmoqlar, aloqa uzellari va maʼlumotlarni taqsimlash” ixtisosligi bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasiga va professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. U har hil ilmiy anjuanlarda, halqaro konferensiyalarda, simoziumlarda ilmiy maʼruzalar bilan qatnashib kelmoqda. Jumladan, Xitoy, Italiya, Fransiya, Germaniya, Angliya, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Gruziya, Armoniston, Ozarbaydjon, Qozog‘iston, Qirg‘iston, Hindiston, Tursiya va AQSH davlatlarida o‘tkazilgan anjumanlarda o‘z maqolalari bilan qatnashgan.

H.Nigmatov birinchi bo‘lib har hil turda yaʼni kabelli, shisha yoki optik tolali, mobil va boshqa simsiz aloqa kanallari asosida yaratilgan va ishlatilayotgan axborot kommunikatsion tarmoqlarini boshqarish modellarini, usullarini va algoritmlarini yaratgan va maʼlumotlarni xarakatlanayotgan obyektlarga aniq va o‘z vaqtida optimal yetkazib berish usullarini yechib bergan olim hisoblanadi. Aloqa fani nazariyasida kompyuter yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida uzatilayotgan axbortlarning vaqtga bog‘langan qiymat xarakteristikasi (VQX) maʼlumotlarni qabul qiluvchi tomonidan aniqlanadigan yangi meʼzoni ishlab chiqilgan va taklif etilgan. U o‘zining ustozi bo‘lgan texnika fanlari doktori, professor ikkinchi rang kapitani Temur Arslanovich Valiyev bilan ushbu qabul qilingan meʼzon asosida telekommunikatsiya tarmoqlarini optimal varianti va uzatilayotgan maʼlumotlar aloqa kanallaridan o‘tayotgan paytda tashqi xalaqitlar natijasida xato va kechikib kelayotganligi natijasida qabul qilayotgan obyektlar qanday iqtisodiy, texnikaviy va maʼnaviy zarar keltirilishi aniqlangan. U axborot nazariyasiga o‘zining katta hissasini qo‘shdi, kompyuter va aloqa tarmoqlari orqali uzatilayotgan maʼlumotlar paketining qiymatini aniqlaydigan yangi usulini asoslab berdi. Lokal kompyuter tarmoqlarini birlashtirib korporativ yoki global tarmoqlarga ulanish usulini ham ishlab chiqib taklif etgan. H.Nigmatov O‘zbekiston Respublikasida informatika, kompyuter tarmoqlari, raqamli keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlari va maʼlumotlarni optimal uzatish ilmiy yo‘nalishini asoschilardan biri hisoblanadi. Jumladan, uning tarqalgan telekommunikatsiya tarmoqlarida axborotlarni yo‘nalishlarini boshqarish metodlari, chegaralangan texnik vositalarini taqsimlash, avtomatlashtirilgan telekommunikatsiya tugunlarida axborot paketlarini uzatish jadvallarini yaratishni yangi metodologiyasi taklif etilgan. Bundan tashqari, simli, optik tolali, simsiz radio aloqa, kosmik aloqa tizimi asosida tuzilgan telekommunikatsiya tarmoqlari orqali xarakatlanayotgan obyektlarga har hil turdagi (ochiq, hizmat yuzasidan, sirli va o‘ta mahfiy) maʼlumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan tarmoq yaratish metodologiyasi ishlab chiqilgan va takliflar berilgan. Uning ushbu ilmiy asoslangan usullar maxsus tizimda “Hizmat asosida foydalanish”) grifi asosida amalda tadbiq etilgan.

H.Nigmatov 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, 7 ta monografiya, 3 darslik, 20 ta o‘quv qo‘llanmalari, 27 ta uslubiy qo‘llanmalari tipografiyalarda chop etilgan va 21 ta patent guvoxnomalari olingan. Shulardan 90 tadan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy davlatlarda nashr qilingan. Quyidagi “Axborot xavfsizligini boshqariga kirish” va “Axborot xavfsizligida intellektual tizimlar” o‘quv darsligi barcha oliy o‘quv yurtlariga tarqatilgan, monografiya kitoblari “Upravleniye potokami informatsii ASU v setyax peredachi dannix”, “Modeli i algoritmi upravleniya setyu peredachi dannix s raznotipnimi kanalami svyazi i izmenyayuщyeysya strukturoy”, “Obyektlarda axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yaratish metodologiyasi” “O‘zbekiston kibernetiklari”, “Kompyuter tizimlari va tarmoklarida axborotlarni ximoyalash” va o‘quv qo‘llanmalari “Sistemi i ustroystva sputnikovoy i mobilnoy radiosvyazi”, “Kompyuterniye seti i sistemi v IP telefonii», «Informatsionnaya bezopasnost. Zaщita informatsii v setyax telekommunikatsii», “Zamonaviy axborot texnologiyalari”, “Transport va yo‘l sohasida axborot kommunikatsion texnologiyalari”, “Axborot kommunikatsion texnologiyalarni transport va yo‘l sohasida qo‘llash”, “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari”, “Axborot xavfsizligi”, “Inellektual tizimlar”, “Kompyuter arxitekturasi”, “Intellektual tizimlar” kirillda, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida intellektual tizimlar yaratish”, “Zamonaviy axborot – rommunikatsiya texnologiyalarining aloqa kanallarida axborotlarni himoyalash” va boshqa kitoblari nafaqat bizning O‘zbekistonimizda, balki boshqa Mustaqil suviren davlatlarda, jumladan Qozog‘iston Respublikasining “Chimkent” shaxrida uning 3 ta kitobi yaʼni «Sistemi i ustroystva sputnikovoy i mobilnoy radiosvyazi», «Kompyuterniye seti i sistemi v IP telefonii» hamda «Informatsionnaya bezopasnost. Zaщita informatsii v setyax telekommunikatsii» nomli kitoblari chop etilib Oliy o‘quv yurtlarida qo‘llanilib kelinmoqda.

H.Nigmatov o‘quv pedagogik ishlarini ham Toshkent shaxridagi Oliy o‘quv yurtlarida faol olib borgan. U aspirant paytida Tokent politexnika aloqa texnikumida “Simli aloqa”, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagandan so‘ng Tokent elektrotexnika aloqa institutida “Aloqa kanallarida raqamli maʼlumotlarni uzatish”, doktorlik dissertatsiyasini yoqlagandan so‘ng esa Toshkent Pedagogika institutining “Informatika” kafedrasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” malaka oshirish markazida soatbay sifatida ishlagan. 2002 yildan 2011 yilgacha Toshkent avtomobil yo‘llari institutida “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasining mudiri, professori lavozimlarida 0,5 stavka o‘rindosh sifatida ishlab keldi. Bundan tashqari, Sobiq Ittifoqning Butunittifoq metrologiya, standartlash va sifatni boshqarish Davlat standartinig Sharqiy filialining institutiga “Radiotexnika va fizikaviy o‘lchov vositalari” kafedrasining mudiri va vaqtincha direktor vazifasini bajarish lavozimida ham ishlagan. Uning umumiy pedagogik ish staji 30 yildan oshiq.

Ko‘p qilgan xarakatlari va bajargan foydali ishlari uchun H.Nigmatov har hil Yorliqlar, Tashakkurnomalar, pul mukofotlari bilan taqdirlangan, bundan tashqari “Harbiy xarakat. Nogironlar Fondi” medaliga sazovor bo‘lgan.

Hozirgi paytda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi xuzuridagi O‘zbekiston halqaro islom akademiyasining “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasining professori lavozimida ishlamoqda va “Kompyuter tizimi va tarmoqlari”, “Axborot havfsizligi”, “Kompyuter arxitekturasi”, “Intellektual tizimlar”, “Algoritmlashg kirish”, “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtiri”, “Axborolar havfsizligini boshqarishga kirish” va “Axborotlarni himoyalashda intellektual tizimlar” fanlari, hamda TAYIning “Malaka oshirish o‘quv markazida” “Zamonaviy axborot texnologiyalarini transport va yo‘l xarakatida qo‘llash” va “Axborot kommunikatsion texnologiyalari” fanlari bo‘yicha saboq berib kelmoqda.

Umuman, H.Nigmatov taniqli olim, yangi axborot texnologiyalari, radiotexnika, kompyuter tizimi va tarmoqlari, Axborot havfsizligi, radioaloqa sohalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis hisoblanib o‘zining pokligi, to‘g‘ri so‘zligi, prinsipialligi bilan ajralib turadi.

Ushbu maʼlumotnoma Hikmatulla Nigmatovning 70-yillik yubiley kunida nashr etilgan risola materiallaridan olinib to‘ldirilgan.

Kitoblar