Hoji Ahmadjon Bobomurod *
Hoji Ahmadjon Bobomurod 1946 yil 31 yanvarda Samarqand shahrida dindor oilasida tavallud topgan.1965 yilda o‘rta maktabni tugatib, 1966 yili Buxoro shahridagi “Mir arab” madrasasiga o‘qishga kirgan. 1971 yili madrasani muvaffaqiyatli tugatgan va shu yili Toshkent shahridagi Imom al-Buxoriy nomidagi oliy Islom inistitutiga o‘qishga kirgan va 1975 yilda bitirib chiqqan.1973 yili Toshkent shahridagi “Olmazor” jome’ masjidiga imom xatiblik vazifasiga tayinlangan. 1974 yilda esa Toshkent tumanidagi “Ko‘k terak” jome’ masjidiga, 1980 yilda Toshkent shahridagi “Jo‘rabek” jome’ masjidiga imom xatiblikka tayinlanadi. 1989 yildan Imom al-Buxoriy nomli oliy Islom inistitutida mudarrislik ham qilmoqda.1983 yili muborak haj safariga borib kelib, Naqshbandiya tariqatiga kirgan. Piri xoja Shayxiddin hazratlari shariat ilmlarida ham etuk olimlardan bo‘lib, zamonasining ulug‘ ulamolaridan biri bo‘lgan, Hoji Ahmadjon Bobomurod ustozi bilan birga Ismoil Qori hazratlaridan tafsir, hadis, fiqh va tasavvuf ilmlaridan ta’lim olgan. U zoti bobarokat sohibi karomat avliyolardan biri bo‘lib, ajdodlari ham tariqatda kelgan. U zotning vafotlaridan keyin Naqshbandiya tariqatining islom olamiga tanilgan piri komillardan biri Mahmud As’ad Jo‘shon hazratlariga bay’at qildi.Chop etilgan kitoblari: “Islom odobi va madaniyati”, “Kamolot sari”, “Haj yo‘riqlari”, “Islom odobi va axloqi”, “Qo‘sha qaringlar”, “Sof islomiy aqida”, “Ilohiy taqsimot”, “E’tiqod musaffoligi yo‘lida”. Ruqiya ilmi to‘g‘risidagi “Islomga qaytish”, “Najot, shifo va boylik keltiruvchi duolar”. Tariqat ilmi to‘g‘risida yozilgan “Komil insonlar yo‘lidan” nomli asarlarini kitobxonlar ixlosu muhabbat bilan o‘qib kelishmoqda.Hoji Ahmadjon Bobomurod bugungi kunda ham Imom al-Buxoriy nomli oliy Islom inistitutida talabalarga tafsir, hadis, fiqh va tasavvuf ilmlaridan dars berib kelmoqda.
Поделиться с друзьями в соцсетях