Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Imdat Avshar

Imdat Avshar

 

Turkiyalik taniqli shoir, hikoyanavis va tarjimon Imdat Avshar 1967 yilda Qirshahardagi Qaman qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni, Kirshahar oliy o‘quv yurtini bitirib, Firot universitetida o‘qidi. Maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1997 yildan beri Qaysari shahar maorif mudirligida ishlamoqda. U maorif sohasidagi faoliyati bilan birga badiiy ijod bilan ham shug‘ullanadi. She’r, hikoya, maqola va tarjimalari bilan “Qardosh qalamlar”, “Ko‘kbayroq”, “Barjasta”, “Gumbetalti” kabi jurnallarda faol qatnashadi. Uning “Guli so‘lg‘in kengliklar” (2009), “Sovuq tush” (2012), “Onamning soati” (2012) kabi hikoyalar to‘plami, “Avliy Chalabiyning izidan” (2012) sayohatnomasi bosilgan. Shuningdek, u Rasul Rizo, Anor, Elchin, Mammad Ismoil kabi Ozarbayjon shoir va yozuvchilarining kitoblarini ham turkchaga tarjima qilib, nashr ettirgan. U turkiy tillardan qilgan tarjimalari uchun Baxtiyor Vahobzoda nomli mukofotga sazovor bo‘lgan. Muallifning asarlari Ozarbayjon, Qrim, Afg‘oniston, Boshqirdiston, Qirg‘iziston kabi o‘lkalar matbuotida ham yoritib kelinmoqda. Imdat Avshar Evrosiyo Yozuvchilar uyushmasi va Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a’zosidir.

Kitoblar

Sovuq tush

Sovuq tush (2015)