Ito Makoto
Makoto Ito
1958-yilda Tokyo shahrida tavvalud topgan.
1981-yilda Huquqshunoslik imtihonidan o’tib, ushbu imtihonga tayyorlash kurslarida dars bera boshlagan
1982-yilda Tokyo universiteti huquq fakultetini tamomlab, huquqshunoslarni tayyorlash institutiga qabul qilingan.
1984-yilda Advokat sifatida ro’yxatdan o’tgan.
1995-yil Huquqshunoslik imtihoniga tayyorlash bo’yicha 15 yillik tajribasiga asoslanib, “Makoto Ito huquqshunoslik imtihoni maktabi” (keyinchalik “Ito maktabi”) ni ochgan.
Ito maktabidan tashqari, universitet (Keio universiteti), Yoyogi seminari va Nikkei biznes maktabida ma’ruzachi bo’lib ishlash bilan bir qatorda, Yaponiyaning turli hududlaridagi huquqshunoslikka oid tashkilotlarda ham pedagogik faoliyat olib borgan.
Hozirda huquqshunoslik imtihoni va universitetlardagi magistratura bosqichi imtihonlariga talabgorlarni tayyorlash bilan birgalikda, huquqshunoslikka aloqador va sertifikatlar taqdim etuvchi imtihonlardan o’tishni ko’zlagan insonlarga ham yordam berib kelmoqda. Shuningdek, saylovlarda har bir saylovchining ovozi muhimligiga oid jamiyat muammolarini hal etishda ishtirok etib kelmoqda.
Makoto Itoning asosiy kitoblari:
“Makoto Itoning huquq faniga kirish kitoblari seriyasi” 8 tom, “Nippon Hyoron Sha” nashriyoti (ushbu kitobning 3-bosmasi to’liq Koreys tiliga tarjima qilingan);
“Makoto Itoning imtihonga tayyorgarlik darslari” 15 tom, “Koubundou” nashriyoti;
“O’rta maktab o’quvchlari uchun Konstitutsiyaviy huquq” “Iwanami Junior Shinsho” nashriyoti;
“Orzular ro’yobga chiqadigan o’qish uslubi” “Sanmaaku Shuppan” nashriyoti va boshqalar.
Поделиться с друзьями в соцсетях