Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

Lutfulla Sa’dullaev

Lutfulla Sa’dullaev

 

Lutfulla SA’DULLAEV, O‘zbekiston xalq artisti, 1940 yil 18 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965 yil Toshkent teatr va rassomchilik san’at institutini tugatgan. 1963 – 2007 yillarda Yosh tomoshabinlar, Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrlarida aktyor bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi kunda Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrlarida ijod qilib kelmoqda. Faoliyati davomida 200 ga yaqin spektakllarda bir-biridan esdaqolarli rollar ijro etadi. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan ortiqdir.

1968 yilda hamkasbi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullaeva bilan turmush qurgan aktyor – bugun 3 farzandning otasi, 7 nabiraning sevimli buvasi. Lutfulla Sa’dullaev uzoq yillik ijodiy faoliyatida davomida o‘z hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi, ustozlari, marhum hamkasblari haqidagi xotiralari jamlangan “Qismat”, “O‘kinch”, “Meni kechir...” nomli kitoblarini nashrdan chiqardi.

Kitoblar

Qismatim

Qismatim (2016)

O‘kinch

O‘kinch (2016)